Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə78/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   209
Микро амалий китоб

Qon zardobini olish. Laboratoriyada tekshirish uchun olingan qon quyilgan steril probirka paxta dokali tiqin bilan berkitiladi, keyin esa termostatga yoki suvli hammomga (370Sda) 20-30 daqiqa qo‘yiladi. CHunki, issiqda qon ivishi va tez quyilish xususiyatiga ega. Quyilish paytida qon quyilmasi ko‘pincha probirka devoriga yopishib qoladi. SHuning uchun steril shisha tayoqcha yoki steril Paster pipetkasi yordamida aylanma harakat qilib, probirka devoridan ajratiladi, so‘ng muzlatgichga (+4 0S ga) qo‘yiladi, 3-4 soat davomida zardob butunlay ajralib qoladi va uni Paster pipetkasi yordamida so‘rib olish mumkin. Bu jarayon davomida pipetkaning uchi qon quyilmasiga tegmasligi kerak, chunki bunda zardobga eritrotsitlar tushib qolish ehtimoli bor. Bunday hol ro‘y bersa, unda zardob 2000 ayl. tezligida sentrifuga qilinadi. SHunda qonning shaklli elementlari cho‘kmaga tushadi.

Qonda, ovqatlangach, lipidlar miqdori ko‘payib ketadi va ular zardobga chiqib, uni xiralashtiradi. Buning oldini olish uchun qon bemor och bo‘lganda olinadi.

  1. Orqa miya suyuqligini (likvor) olish. Bakteriologik tekshirishlar uchun asosan punksiya yoki miyaning oshqozonchalarini punksiya qilish yordamida orqa miya suyuqligi olinadi. U antibakterial davolash boshlanguncha olinishi lozim. Orqa miya suyuqligini shifokor olishi shart. YAngi olingan likvor ninasiz shpritsning o‘zidan spirt lampasi alangasi ustida steril sentrifuga probirkasiga 1-2 ml miqdorida quyiladi. Uni tekshirish uchun darhol laboratoriyaga jo‘natish shart. U erda esa shu zahoti likvor sovib ulgirmasidan tekshirish muximdir. Likvor mikrosopda ko‘riladi va maxsus oziq muxitlarga ekilib, identifikatsiyalanadi.

  2. Og‘iz va burun bo‘shlig‘idan ashyo olish. Og‘iz bo‘shlig‘idan ashyo olishda bemorning och bo‘lishiga e’tibor beriladi. Buning uchun steril paxta yoki qoshiqcha yordamida shilliq qavat yuzasidan yoki uning zararlangan joylaridan, so‘lak bezlarining og‘iz bo‘shlig‘iga ochilgan joylaridan, tilning yuzasida, agar uchrasa yaralaridan ashyo olinadi. Burun bo‘shlig‘idan ashyo olishda, burun teshiklari atrofidagi teri 70% li etil spirti bilan ho‘llangan paxta bilan artiladi. Keyin bo‘shliq ichiga steril paxta tampon kiritilib, uning devorlarida shilimshiq olinadi.


  3. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə