|
Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiyaYUqumli kasalliklar va yuqumli kasallik jarayonlari
|
səhifə | 75/209 | tarix | 22.03.2023 | ölçüsü | 5,17 Mb. | | #102926 |
| Микро амалий китоб YUqumli kasalliklar va yuqumli kasallik jarayonlari.
YUqumli kasallik (infeksiya) va jarayonlar- organizmga patogen qo‘zg‘atuvchilarning kirishi va to‘qimalarning ularga hamda ular ishlab chiqaradigan toksinlarga biologik javob reaksiyalar yig‘indisi hisoblanadi. YUqumli kasallikning diopazoni turlicha bo‘lib, uning ohirgi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Bakteriya yoki virus tashuvchilik (persistensiya -genomga viruslarni kirib olishi).
YUqumli kasallik (kasallikni klinik jihatdan namoyon bo‘lishi);
YUqumli kasallik kelib chiqishi quyidagi faktorlarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq:
Mikrob agentini bo‘lishiga;
Makroorganizimning beriluvchanligiga;
Munosabatlar ro‘y berayotgan muhitga;
YUqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisi va ularning xususiyatlari
Bakteriyalar ichida quyidagilari kasallik keltirib chiqaradi:
Patogen turlari;
SHartli patogen turlari.
Patogen turlar- nisbiy yuqumli kasallik keltirib chiqarish xususiyatiga ega mikroorganizimlar, mikroorganizimlarning kasallik keltirib chiqarishi ularning patogenlik va virulentlik xususiyatlariga bog‘liqdir.
Patogenlik – tur belgisi bo‘lib organizmga patogen qo‘zg‘atuvchilarning kirishi va to‘qimalarda patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi tushuniladi. Patogenlik
xususiyati bakteriya genomida yoki ularning tarkibidagi plazmidlar, transpozonlar tarkibida bo‘lishi mumkin.
SHartli patogenlar kasallik keltirib chiqarishi mumkin, qachonki organizimning himoya rezistentligi pasayib ketish oqibatida. Bakteriyalar o‘zlarini patogenliklarini virulentlik xususiyatlari orqali amalga oshiradi.
Virulentlik - shtamm belgisi bo‘lib, bu xususiyatni miqdoriy xisoblash mumkin. Virulentlik patogenlikni fenotipdagi ko‘rinishi hisoblanadi. Virulentlik faktorlariga quyidagilar kiradi:
Adgezivlik - bakteriyalarning epiteliylar yuzasiga yopishib olishi. Adgeziv faktorlarga bakteriyalarni kiprikchalari, adgeziv oqsillari, gram manfiy bakteriyalarda polisaxaridlar, gram musbat bakteriyalarda teyxoy kislotasi, viruslarda maxsus superkapsid oqsillari, glikoproteinlar kiradi;
Kolonizatsiya - bakteriyalarning shilliq qavat va hujayra yuzalarida ko‘payib yig‘ilib qolish xususiyati;
Penetratsiya- hujayralarga kirish qobilyati;
Invazivlik- to‘qimalardan o‘tish va tarqalish qobilyati. Bakteriyalarda bu xususiyatni ular ishlab chiqaruvchi patogen fermentlar (gialuronidaza, neyraminidaza) amalga oshiradi.
Agressiv xususiyati - organizimning nomaxsus va maxsus immun himoya omillariga qarshi kurashishi.
Agressiv faktorlarga kiradi:
Hujayraning yuza strukturasiga kiruvchi turli tabiatli moddalar (bakteriyalar kapsulasi, yuza oqsillari va bosh., bu strukturalar leykotsitlar migratsiyasi va fagotsitozni sustlashtirishi mumkin);
Patogen fermentlar - proteazalar, koagulaza, fibrinolizin, letsitinaza, RNK-za, DNK-za;
Bakterial toksinlar- bakteriyalarning kasallik keltirib chiqaruvchi zaxarli moddalar hosil qilishi. Toksinlar endo- va ekzotoksinlarga bo‘linadi (Jadval5).
Dostları ilə paylaş: |
|
|