Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bemordan biologik ashyo olish qoidalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə77/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209
Микро амалий китоб

Bemordan biologik ashyo olish qoidalari





  1. Venapunksiya qilib qon olish. Qonni asseptika qoidalariga rioya qilgan holda bilak venasidan 5-10 ml miqdorda olinadi. Buning uchun bemor agar axvoli shuni taqazo etsa kursiga o‘tqaziladi. Bemorni qo‘li bilagi yoyilgan xolda stol ustiga qo‘yiladi. Venoz qon oqimini to‘xtatish uchun bemor tirsak bo‘g‘imidan yuqoriroqqa rezena jgut qo‘yilib, qisiladi, lekin bunda arterial qon aylanishi buzilmasligi kerak. Buning uchun panja arteriyasida tomir urishi bor yoki yo‘qligi tekshirib ko‘riladi. Jgut qo‘yilgach terining qon olinishi kerak bo‘lgan joyi 70% li etil spirti bilan zararsizlantiriladi.

Agar bemor venasiga katetr qo‘yilgan bo‘lsa undan foydalanish mumkin, qonning biroz qismi steril probirkaga oqizilib so‘ngra .qon shpritsga to‘ldiriladi.
To‘liq bakteriologik tekshirishlar o‘tkazish uchun 10-20 ml qon olinib, shu zahoti bemorning to‘shagi oldida mikroorganizm o‘stiriladigan sun’iy oziq muhitlarga ekiladi.
“Qalin tomchi” usulida tekshirish uchun shprits yoki bir martali sistemadan buyum oynachasiga bir tomchi tomizilib, xona havosida quritiladi, keyin esa metil spirti yoki Nikiforov aralashmasida mustahkamlanib, metilin ko‘kining, spirt suvli eritmasida yoki Romonovskiy Gimza usulida bo‘yaladi.

  1. Barmoqdan qon olish. Kam miqdordagi qonni barmoqdan xam olsa bo‘ladi. Buning uchun nomsiz barmoqning uchi efirli va spirtli paxta bilan yaxshilab artilib, yog‘sizlantiriladi, quritiladi. CHunki, nam terida qon yoyilib ketadi va uni yig‘ishning iloji bo‘lmaydi. Qo‘l sovuq qotgan bo‘lsa, unda qon olinadigan barmoq 45-50 0S dagi iliq suvda bir necha daqiqa ushlab turiladi. 70%li etil spirt bilan ishlov berilgach, chap qo‘lning katta va ko‘rsatkich barmoqlari yordamida qon olinadigan barmoq kesilib,olinadigan qonning miqdoriga va bemor barmog‘i terisining qalinligiga qarab, skarifikator yordamida 2-3 mm chuqurlikda teshiladi. SHundan so‘ng barmoq, qisiladi va teshilgan joydan qon olinadi. Alohida tomchilar shaklida oqayotgan qon steril agglyutinatsion probirkaga yig‘iladi. Etarli miqdorda qon olingach, teshilgan joyga yod surtiladi, paxta qo‘yilib, barmoq bilan kaftga bosib turiladi.


  2. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə