Buyum oynachasi ustida bakteriologik surtma tayyorlanadi.
Tegishli bo‘yoqlar yordamida bo‘yalib, xona temperaturasida quritiladi 4.Immersion yog‘ tomiziladi va mikroskopda ko‘riladi. Bunda ko‘rish
maydonida mikroorganizmlarni morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta’rif beriladi.
2.Bakteriologik usul:1.Birinchi kun bemordan olingan ashyo tegishli oziq muhitga ekiladi. Ekmani termostatda 18-24 soatga 37
0Sda qoldiriladi.
Ikkinchi kun ekma termostatdan olinadi, kultural xususiyatlariga ta’rif beriladi. Aralash kulturadan sof kultura ajratib olish uchun qiya qotirilgan agarga ekiladi. Ekmani termostatda 18-24 soatga 370Sda qoldiriladi.
Uchinchi kun probirkadagi sof kultura distirlangan eritma bilan suyultirilib oziq muhit yuzasiga shimdiriladi va antibiotik shimdirilgan disklar qo‘yiladi. Ekmani termostatda 18-24 soatga 37 0Sda qoldiriladi
5.To‘rtinchi kun qo‘zg‘atuvchini antibiotiklarga
sezgirlik xususiyatlari, fermentativ xususiyatlari o‘rganib chiqiladi va barcha xususiyatlari asosida qo‘zatuvchining turlari aniqlanib oxirgi tashxis qo‘yiladi.