Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə79/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   209
Микро амалий китоб

Tomoqdan ashyo olish. Bemor yorug‘likka o‘tqazilib, og‘zi katta ochiladi. SHpatel chap qo‘l yordamida og‘izga kiritilib, til o‘zagi shunday bosiladiki, bunda shpatelning og‘izga kiritilgan tomoni, uni ushlab turgan tomonidan ancha past bo‘lishi kerak. O‘ng qo‘l yordamida steril tampon extiyotkorlik bilan og‘iz bo‘shlig‘iga kiritiladi. Xalqumning orqa devori, tomoq bezlaridan shilliq olayotib, shilliq qavatning ko‘rinib turgan, o‘zgargan joylariga e’tibor beriladi.

  • Qusuq olish. Qusuq keng bo‘g‘izli steril shisha idishga 25-50 ml miqdorida olinadi va toza qog‘oz bilan berkitiladi. Qusuq ko‘p bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun qusuq qaysi paytida bo‘lishidan qat’iy nazar, darhol olinishi kerak va tezda laboratoriyaga yuborilishi kerak.

  • Oshqozon yuvilgan suvlarni olish. Keng bo‘g‘izli steril shisha idishlarga oshqozon yuvilgan suvdan 50-100 ml miqdorda olib, mahkam berkitiladi va tezda laboratoriyaga yuboriladi.

    Oshqozon albatta qaynatilgan toza suvda yuvilib, muhit kislotali bo‘lib qolmasligi uchun oshqozon yuviladigan suvga Na2So3 qo‘shiladi.

    1. Mikrobiologik tekshirishlar uchun siydik olish. Bakteriologik tekshirishlar uchun siydik bemordan ertalab olinadi. Buning uchun siydikning bir qismi chiqarib yuborilib, o‘rta qismidan steril shisha idishga 3-5 ml miqdorida olinadi. Oddiy tekshirish uchun siydik pufagi kateterizatsiya qilinmaydi, chunki bu siydik yo‘lining tashqi muhit mikroorganizmlari bilan ifloslanishga olib kelishi mumkin. SHuning uchun siydik namunasi olingan vaqtdan boshlab, to uning labaratoriyada tekshirish boshlanguncha xona haroratida 1-2 soatdan ko‘p turmasligi kerak, muzlatgichda (+4+6S) saqlanganda esa 24 soatdan ko‘p turmasligi kerak.

    2. Mikroblar bilan ifloslangan jarohatdan ashyo olish. Ashyoni shifokor asseptika qoidalariga amal qilib oladi. Undan oldin jarohatning atrofidagi sog‘lom teri steril paxta tampon yordamida spirt yoki boshqa 1 antiseptik vosita bilan yuviladi. Nekrotik moddalar, detrit va yiring steril doka bilan olib tashlanadi. Ashyo steril tampon yordamida jarohatning markazidan uning chetlariga qarab aylanma harakatlar qilib olinadi. Ashyo ikkita tamponga olinib, birinchisi mikroskopik usul uchun, ikkinchisi bakteriologik oziq muhitlarga ekib, identifikatsiya qilish uchundir. Jarohatdagi suyuqlikning aktiv aspiratsiya qilish uchun drenaj qo‘yilgan bo‘lsa, unda shu suyuqlikdan shprits yordamida 1-2 ml olib, steril probirkaga qo‘yiladi. Olingan ashyo 1 soat ichida laboratoriyaga yuboriladi. Agar buning iloji bo‘lmasa unda ashyo 2 soatgacha muzlatgichda (+4+6 0S) saqlanishi mumkin.


    3. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə