Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Antibiotiklarni odam organizmidagi qon, siydik va boshqa suyuqliklarda aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə85/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209
Микро амалий китоб

Antibiotiklarni odam organizmidagi qon, siydik va boshqa suyuqliklarda aniqlash. SHtativga ikki qator probirkalar o‘rnatiladi. Birinchi qatorda etalon antibiotiklar suyultiriladi, ikkinchi qatorda esa, tekshirilayotgan suyuqlik. Keyin har bir probirkaga Giss muhitida glyukoza bilan tayyorlangan test-bakteriya tomiziladi. Tekshirilayotgan suyuqlikda sifatida Staph. aureus-ning standart shtammi, agar streptomitsin. aniqlansa, u holda - E. coli qo‘llaniladi. Ekilgan probirkalar 37°S da 18—20 soat davomida termostatga qo‘yiladi. Keyin muhitning quyqalashganligi, hamda test-bakteriyalar glyukozani parchalashi natijasida indikator ta’siri ostida muhit rangining o‘zgarishiga ko‘ra, tajribadan xulosa chiqarish mumkin. Antibiotik konsentratsiyasi test-bakteriyalar o‘sishini to‘xtatadigan, tekshiriladigan suyuqlikning eng yuqori konsentratsiyasini xuddi o‘sha test-bakteriyalar o‘sishini to‘xtatadigan etalon antibiotikning minimal konsentratsiyasiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, tekshirilayotgan suyuqlikning test-bakteriyalar o‘sishini to‘xtata oladigan maksimal konsentratsiyasi 1:1024 ga teng bo‘lib, etalon antibiotikning test- bakteriyalar o‘sishini to‘xtata oladigan minimal konsentratsiyasi esa 0,313 mkg/mg ga teng bo‘lsa, u holda 1 ml tekshirilayotgai suyuqlikdagi antibiotik konsentratsiyasi 1024 x 0,313 = 320 mkg/ml ni tashkil etadi.
Bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlashni yangi zamonaviy usullari. Ohirgi yillarda bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlashda kompyutrlashtirilgan va avtomatlashtirilgan sistemalardan foydalanilmoqda. Ajratib olingan kulturani identifikatsiyasi va antibiotiklarga sezgirligini aniqlash kompyutirlashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Bu usullarning afzalligi, asosan bakteriologiya mutaxassislarini uzoq davom etuvchi identifikatsiya jarayonidagi qo‘l ishlaridan ozod qilish va yuqumli kasalliklarga tashhis qo‘yishni ham muddatini kamaytirishga qaratilgan. Bu usullarning qo‘llanilishini chegaralanishi faqat ularning qimmatligidir. Ishlab chiqilgan usullarning ichida MDH davlatlarida keng tarqalgan quyidagi (BaxterScan Auto CAN-4, Cistema Alamar, E- test) usullardir.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə