Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Seriyali suyultirish bilan antibiotiklarga bakteriyalarni sezgirligini avtomatlashtirilgan (Baxter Scan AutoCAN-4) sistemasi orqali aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə86/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   209
Микро амалий китоб

Seriyali suyultirish bilan antibiotiklarga bakteriyalarni sezgirligini avtomatlashtirilgan (Baxter Scan AutoCAN-4) sistemasi orqali aniqlash. Ajratib olingan kultura mikropanellarga tomizilib 24 soat ichida antibiotiklarga sezgirligi
aniqlab beriladi. Usulning mohiyati, muhitda o‘sayotgan bakteriyalarni fotometriya, nefelometriya usullarda ularning o‘sishini aniqlashga, ya’niy mikropanel lunkasida bakteriyani o‘sishi yoki o‘smasligi ular o‘rtasidagi optik zichlikni farqlanishiga asoslangan. Ohirgi yillarda ko‘plab yangi qurilmalar ishlab chiqilmoqda, masalan VITEK qurilmasida 4-6 soat ichida javob olish mumkin. E - test orqali bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini aniqlash. Usulning moxiyati shundan iboratki lentali maxsus qog‘ozga antibiotiklarning kamayib (128, 64, 32, 16, 8, 4 mkg/ml) boruvchi dozasi shimdiriladi. Bu usulda ham antibiotik shimdirilgan lentali qog‘ozlar standart agarga “gazon” usulida ekilgan tekshirilayotga kultura yuzasiga qo‘yiladi. Inkubatsiya qilingangdan kiyin antibiotik shimdirilgan lentali qog‘oz atrofida ellipissimon o‘sishi to‘xtagan zona hosil bo‘ladi, ya’ni uning o‘lchami antibiotikni kam dozasi tomonga qarab torayib boradi va o‘sish zonasi boshlangan joydan oldingi ko‘rsatkich, preparatni MIK hisoblanadi.


Amaliy mashg‘ulot




Amaliy ish 1.
Stafilokokk kulturasini antibiotiklarga sezgirligini qog‘ozli disk usulida aniqlash.


Amaliy ish 2.
Ichak tayoqchasi kulturasini antibiotiklarga sezgirligini qog‘ozli disk usulida aniqlash.

Vaziyatli masalalar


    1. Bemor najasidan ichburug‘ qo‘zg‘atuvchisining sof kulturasi ajratib olindi. Uning antibiotiklarga sezgirligi qaysi usul yordamida aniqlanadi?

    2. Ich surilishi kuzatilganda bemor antibiotik iste’mol qildi. SHundan keyin sog‘ayish kuzatildi. Lekin uchinchi kunga borib yuqori harorat, tomoq og‘rishi, burun va lab shilliq qavatlarida toshmalar toshgani kuzatildi (kandidomikoz). Qonda leykopeniya agranulotsitoz kuzatildi. Bemorni nima bilan davolashgan? Davolash jarayonida paydo bo‘lgan kasallikning tabiati qanday?

    3. Stomatolog shifokorga ikki yashar bolasi bor ona murojaat qildi. Bolaning tishlari o‘z vaqtida chiqqan lekin o‘sish boshlanishi bilan emirilish kuzatilgan. Tishlar tekshirilganda qoziq tishlarning butunlay emirilganligi, tish emalining sarg‘ayib

ketganligi, ko‘p tishlar karies bo‘lganligi namoyon bo‘ldi. Anamnezdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ona homiladorligida shifokor maslahatisiz antibiotik ichgan. Bolaning onasi qaysi antibiotikdan foydalangan?

    1. Kasal ahlatidan dizenteriya qo‘zg‘atuvchisi ajratib olindi. Bu kulturaning antibiotiklarga sezgirligini kanday usulda aniqlanadi.

    2. Angina bilan kasallangan bemorga penitsillin 3 kun davomida hamma koidalarga rioya kilingan holda yuboriladi, lekin davo samarasiz bo‘ldi. Davolovchi shifokorning xatosi nimada?




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə