Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə94/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209
Микро амалий китоб

Amaliy mashg‘ulot




Amaliy ish 1
So‘lak tarkibidagi lizotsim aktivligini aniqlash.

1.Sterillangan oltita teshikchali plansheta olinadi. 2. GPA solinib sovutiladi.3.Stafilakokkning bir kunlik kulturasidan olib, GPA ga shtrixsimon ekiladi.4.Planshetadagi ekilgan GPA ni maxsus kichik pretsipitatsion probirka bilan teshiladi (bosib 1-2 marta aylantiriladi). 5. Sterillangan kichik bint oltita talabaga beriladi.6. Talabalar bintlarni so‘laklari bilan xo‘llaydilar.7. Xo‘llangan bintlar planshetadagi tayyor teshikchalarga joylanadi.8.Belgi qo‘yiladi. 18-24 soatga 370Sda termostatda qo‘yiladi. 9. Natijasi ko‘riladi, agar teshik atrofida mikroorganizmlar o‘smagan bo‘lsa so‘lak tarkibidagi lizotsim aktivligi yuqori u barcha mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir qiladi. Agar mikroorganizmlar o‘sgan bo‘lsa og‘iz bo‘shlig‘ida patogen mikroorganizmlar bor.




Amaliy ish 2
Neyrofillarni fagotsitar faolligini o‘rganish.

1. Qonsiz barmoqdan skarifikator yordamida qon olinadi. 2.Stafillokokkning 1 kunlik kulturasi tayyorlanadi.3.Probirkaga bir xil miqdorda (2,5 ml) qon va stafilokokk kultura saqlangan suspenziya qo‘yiladi.4.Probirka termostatda 37 S da 30 daqiqa qo‘yiladi va shu vakt ichida probirka ikki marta aralashtiriladi.5.30 daqiqadan keyin probirka olinib o‘rta qatlamidan surtma tayyorlanadi.6.Surtma Romonovskiy-Gimza usulida bo‘yaladi va mikroskopda ko‘riladi.




Vaziyatli masalalar


  1. Bemor bola bo‘g‘ma bilan kasallanib sog‘aygach, unda shu infeksiyaga nisbatan turg‘un immunitet paydo bo‘ldi. Qanday qilib? Uni izohlang.

  2. YOshligida qizamiq bilan og‘rigan bemor bir necha yildan so‘ng yana shu kasallik bilan og‘ridi. Bemorda immunitet mustahkam shakllanmaganligini sababi nimada?



Nazorat savollari


1.Immunitet tushunchasiga ta’rif bering. 2.Immunitet turlarini sanang.
3.Maxsus bo‘lmagan immunitet mexanizmi va omillarini sanab bering. 4.Patogen mikrob organizmga kirgandan so‘ng uchrashadigan himoya omillarini
sanab bering.

  1. Qanday gumoral omillarni bilasiz?

  2. Fagotsitoz tushunchasiga ta’rif bering.

  3. Fagotsitoz vazifasini ayting.

  4. Fagotsitoz bosqichlarini sanang. 9.Tugallanmagan fagotsitozni tushuntiring.

10. Fagotsitar faollik qanday aniqlanadi?

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə