Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə95/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209
Микро амалий китоб

Mavzu 8.


Antigen va antitelolar. Serologik reaksiyalar. Bilvosita gemagglyutinatsiya, KBR, Kumbs, Kuns, immunferment analiz. PZR usullari. Antitelo hosil bo‘lish mexanizmi.
Mashg‘ulot rejasi.

  1. Antigenlar xaqida tushuncha, ularning xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va maxsusligi.

  2. Bakteriya, virus hujayralarining antigenlari, ularning xususiyatlari.

  3. Antitelalar (immunoglobulinlar) ularning kimyoviy tuzilishi, sinflari va vazifalari.

  4. Antigen va antitela birikishi, reaksiyalari, mexanizmi.

  5. Agglyutinatsiya reaksiyasi, ularning maxsusligi va amaliyotda qo‘llanishi.

  6. Komplementni bog‘lash reaksiyasi (KBR), uning qo‘yilish yo‘llari va meditsina praktikasidagi ahamiyati.

  7. Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGR), uning kelib chiqish mexanizmi va meditsinada qo‘llanilishi.

Namoyish qilish.


  1. KBR ishlatiladigan ingridientlar, reaksiyani qo‘yishini aks etirilgan rangli rasm sxemalar.

  2. Musbat va manfiy natijali gemagglyutinatsiya reaksiyasi.

  3. Kengaytirilib qo‘yilgan agglyutinatsiya reaksiyasi.

  4. PR ishlatiladigan ingredientlar, reaksiyani qo‘yishini aks ettirilgan rangli rasm, sxemalar.

  5. IFA reaksiyalarining qo‘yilishi aks ettirilgan rangli rasm, sxemalar.

  6. Immunobloting reaksiyasi, reaksiyani qo‘yish aks ettirilgan rangli rasm va sxemalar.



Antigenlar


Organizmning hayot faoliyati davomida orttirilgan immunitet asosida, immun sistemaning shu organizmga begona irsiy molekulalar tuzilishini tanib, ajratib olib, ularga qarshi maxsus javob bera olish yotadi. Mana shu javob berishda antigenlar ishtirok etadi. Antigenlar – tabiiy va sun’iy, sintetik (oqsil, polisaxarid va b.) moddalar bo‘lib, organizmga yuborilganda immunokompitent limfoid hujayralarning aktivligini oshirib, maxsus immun javobni yoki tolerantlik holatini keltirib chiqaradi (berilmaslik). Antigenlar o‘zlarining tuzilishida irsiy begonalik xususiyatini tashib yuradi (anti-qarshi, gen-tur). Antigenlar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

  1. Antigenlik – ya’ni antigenning sifat ko‘rsatkichi. Masalan, ko‘proq yoki kamroq antitelalar, sezuvchanligi oshgan limfotsitlar hosil qila olishi.

  2. Immunogenlik – antigenning immunitet hosil qilish xususiyati, yoki kuchi. Antigenning bu xususiyati ko‘proq mikroorganizmlarning antigeniga taalluqlidir, chunki mikroorganizmlarning antigenlari organizmning kasallikka berilmasligini shakllantiradi. Masalan, ichburug‘ qo‘zg‘atuvchisi, yuqori darajadagi antigenlik xususiyatiga ega, lekin, immunogenlik xususiyati sust, shuning uchun uzoq ko‘rinishdagi immunitetni hosil qila olmaydi, aksincha, qorin tifi esa yuqori darajali antigenlik va immunogenlik xususiyatiga ega, shuning uchun vaksinatsiyada qo‘llaniladi.

  3. Maxsusligi – antigenning asosiy xususiyati bo‘lib, shu xususiyatlari bilan antigenlar bir - birlaridan farqlanadi. Antigenlarning maxsus ko‘rinishlariga quyidagilar kiradi: tur maxsusligi; guruh maxsusligi; tipga xos maxsuslik; geteromaxsuslik; organ maxsusligi; funksional maxsuslik; bosqichli maxsuslik; gapten maxsusligi; patologik maxsuslik; antigen mimikriya.

  4. Antigenning kolloid xususiyati – (tarkibi, erishi) antigenlar kolloid holida organizmga yuborilganda yaxshi so‘riladi.

Antigenlik xususiyati bor moddalarga oqsillar, mikroorganizmlar, ularning maxsulotlari (zaharlari), ilon, chayon zaharlari, o‘simliklarda uchraydigan moddalar, hujayra va to‘qima elementlari yot zarralar va x.k. kiradi.
Antigenlar to‘la qimmatli va to‘la qimmatsizlarga bo‘linadi. To‘la qimmatli antigenlar – (oqsillar, polisaxaridlar, lipoproteinlar, kompleks moddalar), organizmga yuborilganda maxsus antitelalarni hosil qilib immunkompitent limfoid hujayralarning aktivligini oshiradi, ya’ni shular bilan muayyan tarzda o‘ziga xos birika oladi.
To‘la qimmatsiz antigenlar – gaptenlar bo‘lib, organizmga yuborilganda organizmda maxsus antitelalar va sezgirligi oshgan limfotsitlar hosil qila olmaydi. Gaptenlarga yog‘lar, kichik molekulali organik moddalar kiradi, lekin shu gaptenlarning tarkibiga oqsil biriktirilsa yoki organizmdagi oqsillar, fermentlar bilan biriksa, bu taqdirda gaptenlar to‘la qimmatli antigenlarga aylanadi. Immun javob gaptenga qarshi hosil bo‘ladi (gapten maxsuslik). Gapten bilan birikkan oqsil molekulasi kuzatuvchilik (tashib yuruvchi) vazifasini bajaradi va «shlepper» deb ataladi. (nem. Slheper kuzatadi).
Antigen maxsusligi, antigen tarkibidagi oqsillarning birlamchi tuzilishiga, ya’ni aminokislotalarning xilma xilligiga, ketma-ket kelishiga, aminokislotalarni yon zanjirga va ustki qismida joylashgan determinant guruhlarning soniga bog‘liqdir.
Oqsil aminokislotalarining ustki qismida joylashgan bu determinant guruhlar oqsilga ma’lum bir shakl (konfiguratsiya) fazoviy qovushqoqlik va qutblilik xususiyatlarini beradi. Bitta elektron zaryadini o‘zida tashib yuradi. Determinantlar soni shu oqsilning valentligini, sifatini (antigenligini), kuchini (immunogenligini) bildiradi. Masalan, odam qon zardobidagi albumin oqsili o‘z tarkibida 6 ta determinant gruppasini tutadi. Globulin oqsilining tarkibida esa 8 ta determinant gruppasi bor. SHuning uchun ham globulin oqsili albumin oqsiliga nisbatan kuchli antigenlik va immunogenlik hususiyatiga egadir.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə