Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Immunoglobulinlarni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə97/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Immunoglobulinlarni strukturasi

Antitelalarning maxsusligi ularning aktivlik markaziga bog‘likdir. Aktivlik markazi immunoglobulinlarning og‘ir va engil zanjirlarini Fab -bo‘lakchasida qaror topgan bo‘lib, shakli va tuzilishi jihatidan antigenning determinant gruppasining aksidir (qo‘lqopni qo‘lga, kalitni esa qulfga to‘g‘ri kelishiga o‘xshash). Antitelalar antigenni biriktirib olishda asosan ularning aktivlik markazlari ishtirok etadi, bu birikish antitela va antigen molekulalarining o‘zaro tortishish kuchiga bog‘liqdir. Ularning maxsus birikishi esa, antitelalarning og‘ir va engil zanjirlarining aktivlik markazi qismidagi ohirgi aminokislotalarning joylashuv tartibiga bog‘likdir.
Antigen birinchi bor organizmga tushganda,organizm shu antigenga qarshi birinchi bo‘lib IgM va 5-6 kundan boshlab IgG sintez qila boshlaydi. Bu immunoglobulin qon zardobidagi hamma immunoglobulinlarni 80% tashkil qiladi. IgG yo‘ldosh orqali homilaga o‘tadi.
Immunoglobulin A miqdori jihatdan qon zardobida IgG dan keyinda turadi va ikki xil ko‘rinishda uchraydi, qon zardobida va organizmda ishlab chiqariladigan turli hil suyuqliklarda (sekretlarda), shuning uchun ham sekretor immunoglobulin deb ataladi. Sekretor IgA oshqozon va ichak yo‘llarida, o‘pkada, jinsi organlarning shilliq qavatida uchraydi.Bu immunoglobulin dimer xolatida bulib, sekretor komponenti orqali monomer bilan birikkan va shuning evaziga proteolitik fermentlar ta’sirida erib ketmaydi. IgA organizmda vazifasi juda muhim bo‘lib, organizmga patogen bakteriyalarni kirishiga to‘sqinlik qiladi, boshqacha qilib aytilganda, IgA organizmda himoyani birinchi chizig‘ini tashkil qiladi (rasm 39). Immunoglobulin E yoki reagen antitelalar, qon zardobida uning miqdori ko‘p emas.


  1. rasm. Immunoglabulin A , shilliq qavatlarga chiqish mexanizmi

Organizmda juda kam bo‘lgan plazmatik hujayralar uni ishlab chiqaradi. IgE ning Fc bo‘lagi sitofil (hujayrani sevishi) xususiyatiga ega, shuning uchun antigen bilan birikkanda semiz hujayralarga birikib oladi va semiz hujayralarni degranulyatsiyaga uchratishi mumkin. Buning natijasida semiz hujayralar vazoaktiv aminlarni ajratib chiqara boshlaydi, bu esa organizmda pichan istmasi, bronxial astma va shunga o‘xshash simptomlarni keltirib chiqaradi. Immunoglobulin E asosiy fiziologik funksiyasi organizmning shilliq qavatlarida yuqorida ko‘rsatilgan yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarish bilan birga, organizmni patogen mikroorganizmlardan himoya qiladi, ya’ni patogen bakteriyalar IgA ning qarshiligini shilliq qavatlar orqali engib o‘tsa, bu holatda IgE duch kelishi mumkin.IgE semiz hujayralar bilan birikib yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi va shu bilan birgalikda boshqa limfotsitlarni yallig‘lanish o‘chog‘iga migratsiya bo‘lishiga signal
beradi. YAllig‘lanish o‘chog‘iga qon zardobidagi IgG, limfotsit va makrofaglar yog‘iladi va patogen agentni yo‘qotadi. SHu bilan birgalikda IgE asosan allergik kasalliklarni keltirib chiqarishda organizmda qatnashadi.
Immunoglobulin (IgD) funksiyasi yaxshi o‘rganilmagan, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda limfotsitlarning membrana retseptori vazifasini bajarishi mumkin.
Organizmdagi antitelalarning mikdori ularning organizmda qancha muddat saqlanib turishga, antigen miqdoriga va uning necha marta, qanday usulda yuborilganligiga bog‘liq. Mana shu jarayonni organizmda genotip boshqarib turadi, shuning uchun ham bir xil antigenga har - xil genotipga ega bo‘lgan organizmlar har - xil javob beradi.
Antigen va antitelalarning organizmda maxsus birikishidan tashqari, antigen va antitelalarning birikishi (in vitro) probirkalarda ham kuzatish mumkin. Bunday mahsus immunologik reaksiyalarni serologik reaksiyalar deb ataladi. Bularga: agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis, komplementni bog‘lash, gemagglyutinatsiya va boshqa reaksiyalar kiradi. Bu serologik reaksiyalar maxsus birikishi va o‘ta yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lganligi sababli meditsina praktikasida yuqumli kasalliklarga tashhis qo‘yishda va bakteriologik amaliyotda (ajratib olingan kulturani) saralashda ishlatiladi.
Hamma serologik reaksiyalar ikki fazada boradi. Birinchi fazasi maxsus, ya’ni antigenning determinant gruppasi bilan antitelalarning aktiv markazlarini birikishi. Ikkinchi fazasi maxsus bo‘lmay bunday reaksiyalar turiga qarab cho‘kmaga tushishi yoki antigenning erishi kuzatiladi. Agar antitelalar kam dispersli va korpuskulyar antigenlar bilan biriksa, bu holda izotonik suyuqlikda mustahkam birikma hosil qilib, probirka tagiga cho‘kma (agregat) holida tushadi (rasm 40). Bu immunologik reaksiyani agglyutinatsiya hodisasi deb ataladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə