Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə99/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209
Микро амалий китоб

Metodik ko‘rsatmalar


Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish. Bemorning qon zardobidan izlanilayotgan AT titrini aniqlash uchun qo‘yilgan reaksiyaning sxemasi 8- jadvalda keltirilgan. Dastlab zardobning asosiy eritmasi tayyorlanadi, bunda zardob titriga ko‘ra: 1:100, 1:200, 1:400, 1: 800 nisbatda suyultiriladi, buning uchun
1 ml asosiy eritmadan olinib birinchiga, birinchi probirkadan-ikkinchisiga, ikkinchidan uchunchisiga va h.k qator eritmasi suyultirilib tayyorlaniladi.
Hamma probirkalar teng hajmda bo‘lishi uchun oxirgi probirkadan 1 ml suyultirilgan zardob olinib dezinfeksiyalovchi eritmaga quyiladi. Kontrol probirkaga (antigen kontroli) natriy xloridni 1 ml izotonik eritmasi quyiladi. Suyultirilgan zardobli har bir probikaga va kontrol probirkaga pipetka bilan 2 -3 tomchidan (0,15 ml) 1 ml da 3 mlrd. mikrob tanasi bo‘lgan bakteriya (diagnostikum) suspenziyasi
tomiziladi. Probirkalar yaxshilab silkitilib 37º S da 2 soat termostatga qo‘yiladi, so‘ng uy haroratida bir sutka davomida saqlanadi.
SHundan so‘ng hivchinli antigen bilan qo‘yilgan reaksiyaning natijasi ko‘riladi. 18-48 soatdan so‘ng somatik antigen bilan qo‘yilgan reaksiyalar natijasi aniqlanadi. Reaksiya natijasi qurollanmagan ko‘z orqali yoki agglyutinoskop bilan tekshiriladi. Bunda probirkalar sekin-sekin silkitilib ko‘riladi. Agar natija musbat bo‘lsa, cho‘kmaga tushgan birikma ipir-ipir bo‘lib turadi (N-agglyutinatsiya), dona-dona bo‘lishi mumkin (O-agglyutinatsiya). Agglyutinatsiya reaksiyasining qanday miqdorda borayotganini yoki darajasini aniqlash uchun to‘rt (4) musbat belgi qo‘yish bilan olib boriladi. To‘rt musbat (++++) belgili reaksiyada hamma antigenlar cho‘kmaga tushib suyuqlik tiniq bo‘lib qoladi. Uch musbat (+++) belgili reaksiyada suyuqlik ozgina loyqalanib qolishi mumkin, cho‘kma aniq ko‘rinib turadi. Ikki musbat (++) reaksiyada esa antigenlarning yarmi cho‘kmaga tushadi, suyuqlik yarim loyqalangan holda bo‘ladi. To‘rtta va uchta belgili reaksiyada musbat natija qayd qilinadi.
Jadval 8.
Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish sxemasi.





Ingredientlar



Probirkalar

1

2

3

4

5

6

Suyultirish

1:100

1:200

1:400

1:800

Kontrol
(Ag)

Kontrol
(zardob)




Natriy xloridning
izotonik eritmasi

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5




Bemor qon zardobi 1:10 nisbatda suyultirilgan

0,5


-


-


-


-


0,5
(1:10)






Diagnostikum (1-2 mlrd.
mikrob eritmasi).

0,15

0,15

0,15

0,15

0,15

-




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə