Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Buyum oynasida agglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə100/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209
Микро амалий китоб

Buyum oynasida agglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish. Ajratilib olingan mikrorganizmlarni kaysi turga va sero guruhlarga mansubligini aniqlash uchun agglyutinatsiya buyum oynasida quyiladi. Buning uchun ma’lum agglyutinatsiyaga uchratuvchi zardobdan Paster pipetkasi yordamida 1-2 tomchi buyum oynachasiga
tomiziladi, kontrol uchun natriy xloridni izotonik eritmasi 1-2 tomchi olinadi va bakteriologik halka yordamida tekshirilayotgan mikrob kulturasi olinib, buyum oynasidagi maxsus zardob bilan aralashtiriladi. Reaksiyaning natijasi 3-10 minutdan so‘ng ko‘riladi. Musbat agglyutinatsiya reaksiyasida buyum oynachasi ustida yaqqol ko‘rinuvchi zarrachalari hosil bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda kontrol oynachada fiziologik suyuqlik bilan tekshirilayotgan antigen agglyutinatsiya bermaydi.
Komplementni bog‘lash reaksiyasini qo‘yish. KBR murakkab serologik reaksiyalar jumlasiga kiradi, bu reaksiyada antigen, antitela va komplementdan tashqari reaksiya natijasini ko‘rsatib beruvchi gemolitik sistema ham qo‘llaniladi. KBR yuqori sezgirlikka ega bo‘lganligi sababli keng qo‘lamda yuqumli kasalliklarni diagnostikasida qo‘llaniladi. (Masalan: viruslar, rikketsiyalar va bakteriyalar keltirib chiqaradigon kasalliklarda). KBR ko‘pincha bemorlardan ajratib olingan viruslarni aniqlash va turini belgilashda ishlatiladi.
KBR ikki fazani o‘z ichiga oladi:

  1. Antigen, antitela va komplementning birikish fazasi.

  2. Gemolitik sistema fazasi.

Birinchi fazaning mohiyati shundan iboratki, (rasm 43 ) bu fazada antigen va antitela bir-biriga maxsus mos kelganida birikib, birikma hosil qiladi, natijada bu birikma o‘ziga komplementni bog‘lab oladi (komplement sarflanadi). Bu reaksiya probirkada qo‘yilganida, uni kuzatib bo‘lmaydi. SHuning uchun ikkinchi fazadan, ya’ni gemolitik sistemadan foydalaniladi.
Gemolitik sistema reaksiyada indikatorlik vazifasini bajaradi. Gemolitik sistema, qo‘y eritrotsitlaridan va ularga qarshi (antigemolitik) gemolitik antitelalardan iboratdir, ya’ni gemolitik zardob. Bu gemolitik zardobni olish uchun qo‘y eritrotsitlarini laboratoriya xayvonlariga (quyonga) bir necha marotaba yuboriladi va ulardan gemolitik zardob ajratib olinadi. Gemolitik zardob 560S da suv hammomida inaktivatsiya qilinadi (560S da qon zardobidagi komplement aktivligini yo‘qotadi).
KBR boshka serologik reaksiyalarga o‘xshab ikki fazada boradi: 1.Antigen - antitela. 2.Komplementning adsorbsiya qilinishi.
Agar kasal qon zardobida shu reaksiyada ishlatilayotgan antigenga mos keladigan antitelalar bo‘lsa, u vaqtda hosil bo‘ladigan antigen-antitela birikmasi o‘ziga komplementni biriktirib oladi, ya’ni bog‘laydi. Unga


  1. rasm.

gemolitik sistema qo‘shilganda, eritrotsitlarning gemolizi ro‘y bermaydi (rasm 41), chunki komplement bog‘langan holatda bo‘ladi (to‘g‘rirog‘i sarf bo‘ladi), ikkinchi gemolitik sistemaga (Ag +At) komplement qolmaydi. SHuning uchun gemoliz probirkada ro‘y bermaydi. KBR musbat deb hisoblanadi.
Ikkinchi holatda kasal qon zardobida antigenga mos keluvchi antitelalar bo‘lmasa, antigen-antitela birikmasi hosil bo‘lmaydi va komplement bog‘lanmasdan erkin holatda qoladi. Gemolitik sistema qo‘shilganida komplement shu sistema bilan birikadi, natijada eritrotsitlarning gemolizi ro‘y beradi. Bu esa shu probirkada reaksiyani manfiy deb hisoblashga asos bo‘ladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə