Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


-rasm. Gemagglyutinatsiya reaksiyalari, mehanizm va natijalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə103/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   209
Микро амалий китоб

43-rasm. Gemagglyutinatsiya reaksiyalari, mehanizm va natijalari
Immunflyuoressent usul. YUqumli kasallik agentlarini patologik materiallardan, infeksiya yuqqan ashyolardan, hayvon to‘qimalaridan va hujayra kulturalaridan flyuoressensiya qiluvchi antitelalar (zardoblar) yordamida aniqlashdan yuqumli kasalliklarga diagnoz qo‘yishda amaliyotda keng qo‘llaniladi. Immunflyuoressent usul tezkor (ekspress) diagnoz qo‘yish usuli bo‘lib, o‘zining sezgirligi va spetsifikligi bilan boshqa serologik reaksiyalardan qolishmaydi.
Flyuoressensiya qiluvchi zardoblarni tayyorlash, ayrim flyuoroxromlarning (masalan flyuoressensiyaning izotiotsianati) zardob oqsillarning immunologik maxsusligiga ta’sir qilmay ular bilan kimyoviy birikishiga asoslangan. Immunflyuoressent usulni Kuns reaksiyalari deb ham ataladi. Immunflyuoressent reaksiyani bevosita va bilvosita usullari tafovut etiladi.
Kunsning bevosita immunflyuoressent usulida, flyuoressensiya qiluvchi antitelalar (flyuoroxrom bilan nishonlangan) mikrob antigenlari bilan birikib, kompleks hosil qiladi. Bu komplekslar lyuminessent mikroskop ostida ko‘rilganda o‘ziga xos yashil rangda nur tarqatadi. Bu reaksiyaning kamchiligi shundan iboratki, har bir tekshiriluvchi mikrob yoki viruvga qashi flyuoressensiya qiluvchi maxsus zardoblarning keng to‘plamini tayyorlash zarur.
Kunsning bilvosita usulida esa, faqat birgina, universal, tarkibida quyon globulinlariga qarshi antitelalari bo‘lgan flyuoressensiya qiluvchi antiglobulinli
maxsus zardob ko‘zda tutiladi. Diagnostik antizardob (AT) tarkibi quyon globulinlari bo‘lganligi uchun (chunki antigen quyonlarni immunlash yo‘li orqali olinadi), ular flyuoressensiya qiluvchi antiglobulinli zardob bilan antigen sifatida maxsus birikadi va kompleks (izlanilayotgan mikrob + mikrobga qarshi AT + nishonlangan antiglobulin zardob) hosil qiladi. Hosil bo‘lgan kompleks lyuminessent mikroskopda nur tarqatadi.

Komplementni bog‘lash reaksiyasini qo‘yish:


KBR qo‘yish uchun quyidagilar zarur:
Bemorning qon zardobi;
Izlanayotgan antitelaga maxsus bo‘lgan ma’lum antigen; Komplement
Gemolitik qon zardobi;
Natriy xloridning izotonik suyuqligi. Probirkalar va pipetkalar.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə