Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə104/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209
Микро амалий китоб

Komplement, titri va ishchi dozasini belgilash. Komplement tariqasida dengiz cho‘chqasining yangi qon zardobidan (24 - 48 davomida) yoki ishlab chiqilgan ampulalardagi quruq komplementdan foydalaniladi. Reaksiya qo‘yish oldidan komplement 1:10 nisbatda (kerakli miqdorda) suyultiriladi, (eritrotsitlarni gemolizga uchratuvchi komplementning eng kam mikdori). SHuningdek, antigenning antikomplementar xususiyatlari bo‘lishi mumkinligini nazarda tutib, komplementning aniqangan ishchi titriga 20-30 protsent qo‘shmcha qo‘shiladi. Masalan: komplementning ishchi titri 0,15 ml. teng bo‘lsa, uning ishchi titrini 0,2 ml qilib olinadi.
Antigenlar KBR antigen bo‘lib ishlab chiqarish institutlarida o‘ldirilgan bakteriyalarning emulsiyalari, shu emulsiyalardan tayyorlangan ekstraktlar va mikrob yoki virus xujayralaridan kimyoviy yo‘l bilan ajratib olingan fraksiyalari xizmat qiladi. Ishlatiladigan antigenlarning antikomplementar xususiyatini aniqlash uchun, komplement, reaksiyada ishlatiladigan antigen ishtirokida qo‘shimcha ravishda titrlanadi va antigenning ishchi dozasi aniqlanadi. Agar antigen komplement ishtirokida titrlanib, komplementning titri 30 foizga kamaysa, bu xolda antigen
ishlatishga layoqatsizdir. Antigenni titrlash uchun uch qator probirkalar olinadi va shu probirkalarning har biriga, ya’ni qatoriga antigenning ikki marotaba oshirib borilgan eritmasidan 0,5 ml mikdorida olinadi. Birinchi qator probirkalarga teng mikdorda (0,5 ml) spetsifik qon zardobi qo‘shiladi, bu qon zardobining suyultirilishi esa to‘rt marotaba oshirilib boriladi.
Ikkinchi qatordagi probirkalarga teng miqdorda va shu suyultirilgan miqdorda normal qon zardobi qo‘shiladi (antigen spetsifikligini kontrol qilish uchun). Uchinchi qator probirkalarga 0,5 ml natriy xloridning izotonik suyuqligidan qo‘shiladi. Hamma probirkalarga ikki marotaba suyultirilgan komplementdan 0,5 ml qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi va 370 termostatga 60 daqiqaga qo‘yiladi. Antigen qo‘shilmagan qon zardobi ikkinchi kontrol bo‘lib xizmat qiladi. Probirkalar termostatdan olinib, hammasiga 1ml gemolitik sistema qo‘shiladi va yana termostatga 30 daqiqagacha qo‘yiladi. Antigen birligi deb uning eng yuqori suyultirilgan miqdori olinadi va shu suyultirilgan mikdorida spetsifik qon zardobi ishtirokida eritrotsitlarni ikki musbat (++) belgigacha gemolizga uchratmaydigan miqdori olinadi. Antigenning ishchi fazasi esa uning kam suyultirilgan miqdori bo‘lib, shu suyultirilgan mikdorda spetsifik qon zardobi bilan birga reaksiyada ishtirok etadi va eritrotsitlarning gemolizini normal qon zardobi va xlorid natriy suyuqligi yordamida ushlab qololmaydigan mikdoriga aytiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə