Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Pretsipitatsiya reaksiyasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə107/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209
Микро амалий китоб

Pretsipitatsiya reaksiyasi: agglyutinatsiya reaksiyasidan farqli o‘laroq, dispers kolloid holatidagi antigen (pretsipitinogen) bilan qo‘shilib, elektrolit (0,85% NaCl) ishtirokida pretsipitat (mayda cho‘kma) hosil qiluvchi antitelolar pretsipitinlar deb ataladi (rasm 58).
Antigen, ya’ni pretsipitinogen bo‘lib, turli xil oqsil moddalar (hayvon, o‘simlik va mikroorganizm oqsillari) va issiqlikka chidamli ba’zi bir mikroorganizmlarning antigenlari (kuydirgi) va tulyaremiya kasalining qo‘zg‘atuvchilari) kiradi. Pretsipitatsiya reaksiyasi (PR) juda sezgir va maxsus usul bo‘lib, bu reaksiya yordamida 1:10 gacha suyultirilgan antigen yoki gaptenni aniqlash mumkin. Pretsipitatsiya reaksiyasining yuqori darajada sezgirligi, ma’lum antizardoblar yordamida ko‘pgina antigenlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Buning uchun maxsus probirkalardagi standart suyultirilgan diagnostik zardoblarga ketma-ket suyultirilgan antigen asta sekin probirka devoriga tomiziladi, bir necha daqiqa o‘tgandan so‘ng ikki muhit chegarasida antigen antitelo birikmasi oq halqa ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda pretsipitatsiya qiluvchi zardobning titri, deb
maksimal suyultirilgan antigen ishlatilganda yaqqol namoyon bo‘ladigan pretsipitatsiya reaksiyasi tushuniladi.



  1. rasm. Presipitatsiya reaksiyasi mehanizmi (sxemasi)

PR quyidagi amaliy ishlarda qo‘llaniladi:


  1. YUqumli kasalliklar diagnostikasida (kuydirgi, tulyaremiya, toun va boshqalar).

  2. Ba’zi bir bakteriyalarning turini yoki tipini aniqlashda.

  3. Sud meditsinasi ekspertizasi amaliyotida. Masalan: kon dog‘i, sperma qaysi turga mansubligini aniqlashda keng qo‘llaniladi.

  4. Sanitariya ekspertizasida esa, qalbaki ozik-ovqat mahsulotlarini (sut, go‘sht, baliq, asal va boshkalar) aniqlashda ishlatiladi.

Biologiyada esa turlar o‘rtasida irsiy bog‘lanish borligini (o‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlar) aniqlashda qo‘llaniladi.
PR ning hozirgi kunda ko‘plab modifikatsiyalari ishlab chiqilgan. Asosan ikki yo‘nalishda, eliktrolit muhitda va gelda qo‘yiladi. Elektrolit muhitida eng ko‘p halqasimon PR qo‘llaniladi. Bu juda sodda reaksiya bo‘lib, oson qo‘yilishi bilan ajralib turadi. Reaksiya ko‘proq kuydirgi kasalligini diagnostikasida keng qo‘llaniladi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisini hujayra devorida ikki toifa antigeni uchraydi. Birinchi toifa antigenlari issiqlikga chidamsiz, yuqori haroratda parchalanib ketadi, ikkinchi toifa antigeni esa issiqlikga chidamli hisoblanadi. SHu antigeni topishda PR
166
qo‘llaniladi. SHuning uchun bu reaksiyani termopretsipitatsiya reaksiyasi ham deb ataladi. Antigen sifatida kuydirgi kasalligidan halok bo‘lgan hayvonning terisi, yungi va boshqa joyidan olingan materiallar ishlatiladi. Ular qaynatilib, filtratlar tayyorlanadi, uni maxsus PR uchun mo‘ljallangan probirkalarga quyiladi.
Filtratning ustiga sekin-asta shoshmasdan probirkaning devoridan mahsus pretsipitatsiyaga uchratuvchi immun zardob qoplab tushuriladi. Agar PR musbat bo‘lsa, ikki suyuqlik chegarasida halqa, ya’ni pretsipitat paydo bo‘ladi (rasm 45), bu esa tegishli antigen borligidan darak beradi. Pretsipitatsiya zardobini titri eng yuqori antigen suyultirgani bilan ifoda qilinadi. Bu holda probirkada aniq PR ro‘y beradi. Immun zardobining dispersligi antigennikidan kam bo‘lgani uchun ularni tenglashtirish maqsadida antigen suyultiriladi. Bundan tashkari geldagi (agardagi) pretsipitatsiya reaksiyasi ham bor. Agarli Petri kosachasida bir-biridan oralig‘i teng bo‘lgan chuqurchalar hosil qilinadi. Markaziy chuqurchaga tarkibida antitelolar bo‘lgan zardob tomiziladi, qolganlariga esa, tekshiriluvchi materiallar
yoki antigenning har xil darajada suyultirilgani quyiladi. Agarda moddalar diffuziya bo‘ladi va teng mikdorda bo‘lgan joyda antigen va antitelolar uchrashadi va xira rangli chiziqlar ya’ni pretsipitatsiya yoylari hosil bo‘ladi (rasm 45). Bu reaksiya difteriya qo‘zg‘atuvchisining zaharli shtammlarini aniqlashda foydalaniladi.
Pretsepitatsiya reaksiyasining 20 dan ortiq turlari mavjud bulib, probirka ichida, kapillyarlarda, buyum oynachalarida, filtr qog‘ozida, atsetat selyulozali plyonkada, gelda qo‘yiladigan PR larga bo‘linadi. SHulardan biri flokkulyasiya reaksiyasi. Bunda antitoksin tutuvchi zardobli probirkaga toksin qo‘shilsa, birikma hosil bo‘ladi va natijada probirkadagi suyuklik xiralashadi. Flokkulyasiya reaksiyasi zardob ishlab chiqarishda antitoksik zardoblarning faollik darajasi yoki ta’sir kuchini aniqlashda ishlatiladi. Antitoksik zardoblarning ta’sir kuchini o‘lcham birligi sifatida xalqaro birlik (XB) qabul qilingan. Halqaro birlik, bu ma’lum bir miqdordagi toksinni Dim (dosis letalis minimalis - o‘limga olib keluvchi eng kam miqdor) neytrallay oladigan antitoksik zardobning eng kam miqdoridir. Antitoksik zardoblar bir necha marta anatoksin bilan immunizatsiya qilingan hayvonlarning qon zardobidan ajratib olinadi. Olingan zardoblar tozalikka,
apirogenlikka, (hayvon organizmiga yuborilganda tana harorati yuqoriga ko‘tarilmasligi kerak) tekshiriladi. Ularning titrlari in vivo (hayvonlarda) va in vitro (flokkulyasiya) usullari yordamida aniqlanadi.
Klinik immunologiyada ham PR keng qo‘llaniladi. Qon zardobigi har xil immunoglobulinlarning miqdorini aniqlashda pretsipitatsiya reaksiyasini gelda qo‘yiladigan yana bir turi ishlatiladi. Bu usul Ouxterloni va Manchini geldagi immunodiffuziya reaksiyasi deb ataladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə