Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə110/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209
Микро амалий китоб

Amaliy ish 2.


Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish.




Agglyutinatsiya (AR) reaksiyasining tamoyili: AG va AT bog‘lanib - immun kompleks hosil qilishi. Probirkaga fiziologik eritma, qon zardobi va antigen diagnostikum quyiladi. 370S da qoldiriladi. 18-24 soatdan keyin natija o‘qiladi. Natija: cho‘kma bo‘lsa (agglyutinat), reaksiya
«musbat», cho‘kma bo‘lmasa (agglyutinat), reaksiya «manfiy».



Titr
Ingridient

1:10

1:20

1:40

1:80

K

1

Fiz. eritma

-

0.25

0.25

0.25

0.25

2

Bemor qon zardobi 1:10

0.25

0.25

0.25

0.25

-

3

Eritrotsitar diagnostikum

0.25

0.25

0.25

0.25

0.25

Fiziologik eritma

Amaliy ish 3.


BGAR reaksiyasining mexanizmi, qo‘yilish texnikasi Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGAR)


BGAR tamoyili: antigen va antitelolarning eritrotsit orqali bog‘lanishi. Planshetga eritrotsitlarga adsorbsiyalangan antigen, fiziologik eritma, qon zardobi quyiladi. Natija:
«soyabon» bo‘lsa, reaksiya «musbat», «tugmacha» bo‘lsa reaksiya «manfiy».




Titr
Ingridient

1:10

1:20

1:40

1:80

K

1


Fiziologik eritma

-

0.25

0.25

0.25

0.25

2


Bemor qon zardobi 1:10

0.25

0.25

0.25

0.25

-

3


Eritrotsitar diagnostikum

0.25

0.25

0.25

0.25

0.25




Amaliy ish 4.


Dezinfeksiyalovchi eritma

KBR reaksiyasining mexanizmi, qo‘yilishi texnikasi va amaliyotda ishlatilishi. Komplementni bog‘lash reaksiyasi (KBR)


KBR tamoyili: AG va AT ning komplement orqali bog‘lanishi. Probirkalarga fiziologik eritma, antigen, komplement, qon zardobi, gemolitik zardob quyiladi. Natija: probirkada gemoliz bo‘lsa, reaksiya «manfiy», gemoliz bo‘lmasa reaksiya «musbat» hisoblanadi.
.




Titr
Ingridient

1:10

1:20

1:40

1:80

K

1


Fiz. eritma

-

0.25

0.25

0.25

0.25

2


Bemor qon zardobi 1:10

0.25

0.25

0.25

0.25

-

3


Antigen ishchi dozada

0.25

0.25

0.25

0.25

0.25

4


Komplement

0.25

0.25

0.25

0.25

0.25

Termostatda 370S da 30-60 daqiqa

5


Gemolitik tizim

0.5

0.5

0.5

0.5

0.5




Vaziyatli masalalar


Dezinfeksiyalovchi eritma

  1. Bemor yuqumli kasallik bilan kasallanib sog‘aygandan so‘ng unda shu kasallikka nisbatan mustahkam immunitet hosil bo‘ldi. Bu nima degani va hosil bo‘lish mexanizmini asoslab bering

  2. Bir bemor kasallikdan sog‘aygandan keyin unda antitoksin immunitet shakllandi, ikkinchi bemor sog‘aygandan keyin esa unda antimikrob immunitet shakllandi. Bu ikkala holat farqlarini tushuntirib bering.

Nazorat savollari.


  1. Antigen tushunchasiga ta’rif bering va uning o‘ziga xos xususiyatlarini sanang.

  2. Bakteriyalar antigenining turlari va lokalizatsiyasini tushuntiring. 3.Antitelo nima va uning xos xususiyatlari nimada?

4.Immunoglobulinlar sinfi va ularning o‘zaro farqlarini ayting. 5.Agglyutinatsiya reaksiyasi nimaga asoslanadi?

  1. Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasi mohiyati, qo‘yilish texnikasi va natijasi o‘qilishini tushuntiring.

  2. BilGAR reaksiyasi mohiyati, qo‘yilish texnikasi va natijasi o‘qilishini tushuntiring.

  3. Noto‘liq antitelolar nima degani, tushuntiring.

  4. KBR reaksiyasi mohiyati, qo‘yilish texnikasi va natijasi o‘qilishini tushuntiring.

  5. Pretsipitatsiya reaksiyasi mohiyati, qo‘yilish texnikasi va natijasi o‘qilishini tushuntiring.



9. Mashg‘ulot.


Mavzu: Immunitet organlari. T va V limfotsitlar sistemasi, immuntanqislik holatlari. Vaksina va immun zardoblar


Mashg‘ulot rejasi:

  1. Immun tizimning T-sistemasini baholash usullari.

  2. Immun tizimning V-sistemasini baholash usullari.

  3. Organizmning maxsus sezuvchanligini baholash usullari.

  4. Immunoprofilaktika va immunoterapiyaning hozirgi zamon asoslari.

  5. Immunoprofilaktik va immunoterapevtik preparatlar.

  6. Vaksinalar olinishi va qo‘lanilishi.

Namoyish qilish.


  1. Periferik qondagi T-limfotsitlarni nisbiy va absolyut miqdorini aniqlash uchun, E-ROK va monoklonal antitelalar bilan (SD3, SD4, SD8) bilvosita rozetka hosil qilish usullarida qo‘yilib tayyorlangan surtmalardan T-limfotsitlarni sanash va natijalash.

  2. Periferik qondagi V-limfotsitlarni nisbiy va absolyut miqdorini aniqlash uchun, EM-ROK va monoklonal antitelalar bilan (SD19, SD20) bilvosita rozetka hosil qilish usullarida qo‘yilib tayyorlangan surtmalardan V-limfotsitlarni sanash va natijalash.

  3. Vaksinalar, anatoksinlar, immunoglobulinlar va immunzardoblar turlari bo‘yicha naborlar. Ad’yuvantlar. Sxemalar, rasm va rangli albomlar, slaydlar, videoroliklar.

Tirik mavjudotlarda immunitetni evolyusiyasi, o‘rtacha 500 mln. yildan beri shakllanib kelmoqda. Tabiatning bu mo‘jizasi o‘zining tabiiy uyg‘unligi, maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Turli yo‘nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar, bizga immunitetning qonuniyatlarini va uning funksional xususiyatlarini ochib berdi va “Tibbiyot immunologiya” sini shakllantirdi.
Har yili tez rivojlanayotgan meditsinani bu yo‘nalishida ko‘plab kashfiyotlar qilinmoqda. Afsuski hozirgi kungacha biz uchun asosiy bo‘lgan - nima uchun immun sistema kerak? degan savoliga to‘liq javob olingani yo‘q. Mantiqiy qaraganimizda immunitet bizni yuqumli kasallik agentlaridan - bakteriya, virus, sodda jonivor, zamburug‘lardan va organizim uchun begona bo‘lgan har qanday genetik omillardan himoya qiladi. Lekin, nima uchun immunitetga o‘ta yuqori darajadagi maxsus aniqlash tizimi zarur, ya’ni antigen begonaligini aniqlashdan tashqari oqsil strukturasi va uning tarkibidagi aminokislatalar ham maxsus aniqlanishdan chetda qolmaydi. Immun sistemani bu o‘ta maxsus “sezgirligi” shuning uchun zarur ekan-ki, ya’ni immunitet, birinchi navbatda organizimni “o‘ziniki” - yoki to‘g‘rirog‘i “begona” bo‘lgan “o‘ziniki” dan himoya qilar ekan. CHunki bizning organizmizda har kuni milyonlab mutant hujayralar hosil bo‘ladi va bular ko‘plab defektli biomolekulalar sintez qilishi oqibatida, organizmdagi moddalar almashinuvini tormozlashi va eng havflisi bu mutantlar rak hujayralariga aylanishi mumkin.
YUqoridagi aytilganlardan kelib chiqib, hozirgi kunda immun sistemaning asosiy vazifasi – organizimning ichki strukturasi tozaligini, ya’ni gomeostazni doimiyligini saqlashdan iboratdir deb tushiniladi.
Inson organizmi oldiga qo‘yilgan bu o‘ta murakkab vazifani organizmda “Immun sistema” amalga oshiradi. SHuning uchun bu sistema oganizmning hamma to‘qima, suyuqliklari va ularni tarkibi, hujayralarga kira olish xususiyatiga ega bo‘lishi zarur. Odam immun sistemasi limfotik va qon sistemasi birlashishidan tashkil topgan.
Markaziy organ-ayrisimon bez (timus) va periferik organlar-taloq, limfatik tugun, peyer pilakchasi va limfoid yig‘ilmalarda limfotsitlarning ko‘payishi va shakllanishi ro‘y berib turadi.
Taloq qonni, limfatik tugunlar esa to‘qima suyuqligi va limfani filtrlaydi. SHuning uchun organizm suyuqliklarida paydo bo‘lgan har qanday “begona” biomolekulalar darhol aniqlanadi va ular organlarda neytralizatsiya
qilinadi. Bu jarayonda fagotsitlar, normal antitelo, komplement, monooksidaza sistemasi fermentlari va boshqa faktorlar qatnashadi. Agar organizmga antigenlar ko‘p miqdorda tushsa, yana ular ko‘paysa (infeksion agentlar, rak hujayralari), nospetsifik himoya sistemasini kurashishga kuchi etmasa bu jarayonga organizmda maxsus himoya sistemasidagi yuqori maxsuslikga ega bo‘lgan limfotsit va makrofaglar qo‘shiladi, ularning javob reaksiyalarini mahsuloti maxsus antitelalar, killer limfotsitlar, effektor limfotsitlar, sitokinlar va boshqa organizmni yallig‘lanish reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Begona antigenlar organizmda tugatilgandan so‘ng, immun javob sustlashadi, lekin limfoid xotira hujayralarda bu antigenlarni antigen xususiyatlari (determinanti) saqlanib qoladi. Agar shu antigen organizmga qaytadan tushsa, immun javob oldingi javobdan bir qancha kuchli va tez ro‘y beradi.
SHunday qilib maxsus javobda immun sistemaning asosiy hujayralari makrofag va limfotsitlar ekan.
Organizmdagi limfotsitlarni hamma populyasiyasi klassga: T-, V va “nol” limfotsitlar va bular o‘z navbatida 3 ta hujayra asosidagi sistemasiga bo‘linadi.
Bunday bo‘linishlar hujayralarni kelib chiqishi, funksional farqlari va retseptor apparatlari asosida qilingan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə