Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


-rasm. Immunoferment analiz (IFA), sxematik mexanizmi. A-bevosita, B-bilvosita usullari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə109/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   209
Микро амалий китоб

46-rasm. Immunoferment analiz (IFA), sxematik mexanizmi. A-bevosita, B-bilvosita usullari
Immunobloting reaksiyasi. Immunobloting (ing. blot, dog‘) usuli yuqori darajada sezgirligi bilan ajralib turadi. Antigenni yoki antitelani aniqlashda bir biriga mos keluvchi ma’lum zardobdan (yoki Ag) foydalanishga asoslangan. OITV infeksiyasini tashhisida qo‘llaniladi. Dastlab elektroforezda virus antigenlari maxsus poliakril gel yordamida ajratib olinadi (amaliyotda maxsus olingan reagent qo‘llaniladi). So‘ngra pretsipitat chiziqlariga maxsus material (nitrotsellyuloza plyonkasi yoki aktivlashtirilgan qog‘oz) biriktiriladi va elektroforez davom ettiriladi. Antigen shimdirilgan maxsus materiallar tasmasi amaliyotga chiqariladi Ushbu tasmalarga bemor qon zardobi qo‘shilib inkubatsiyalanadi. Agarda Ag qarshi antitelalar bo‘lsa, bu AT lar tasmada joylashgan o‘zi uchun maxsus Ag bilan birikib dog‘ hosil qiladi. AT lar fermentlar va maxsus substrat bilan nishonlangan, yoki o‘zgaruvchi bo‘yoq bilan birikkan bo‘lganligi sababli hosil bo‘lgan Ag+At kompleksi elektroforez plyonkasida ajralib turadi (rasm 47).





  1. rasm. Immunoblotning rekasiyasini qo’yish sxemasi



Amaliy mashg‘ulot Amaliy ish 1.


Solishtirma agglyutinatsiya reaksiyasi.
Zarur anjomlar: sutkali mikrob ekmasi, shtativ, buyum oynachasi, pipetkalar, fiziologik eritmalar, agglyutinatsiyaga uchratuvchi zardob, agglyutinoskop, dezinfeksiyalovchi eritmali eksikator.

    1. Buyum oynachasi olinadi.

    2. Buyum oynachasi spirtovka alangasida yog‘sizlantiriladi.

    3. Kizdirilgan Paster qovuzlog‘i yordamida buyum oynachasiga agglyutinatsiyaga uchratuvchi zardob qo‘yiladi.

    4. Paster qovuzlog‘i yordamida probirkadan mikrob ekmasi olinadi. 5.Buyum oynachasida zardob va mikrob ekmasi aralashtiriladi.

  1. Bir vaqtning o‘zida boshqa buyum oynasida agglyutinatsiyaga uchratuvchi zardobga sinama kuyiladi.(zardob + fiziologik eritma )

  2. Tekshirilayotgan mikrob ekmasiga sinama kuyiladi (mikrob ekmasi + fiziologik eritma) 8.Natijalar 5-7 daqiqadan so‘ng o‘qiladi.

9.Sinama reaksiyalar manfiy bo‘lgan holatdagina tajriba reaksiya natijalari o‘qiladi. Tajriba buyum oynachasidagi musbat reaksiyalariga ko‘ra mikroorganizmning avlodi, oilasi, turi antigeni haqida hulosa qilinadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə