Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə117/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   209
Микро амалий китоб

Tirik vaksinalar: Tirik vaksina-bu mikroorganizmlarni virulentligini kuchsizlantirilgan xolda olingan vaksina bo‘lib, immun xossasiga ega. CHinchechak,

toun, qizamiq, epidemik parotit, shol, kuydirgi, sil va tulyarimiya kasalliklarining vaksinasi kiradi.

    1. Korpuskulyar yoki o‘ldirilgan vaksinalar: mikroblarni fizik kimyoviy usullar bilan o‘ldirib olinadi.

    2. Anatoksinlar: Bu ekzotoksinlarga 0,3% li formalin qo‘shib 38 - 400S termostatda 30 kun saqlanadi. Natijada toksinning zaxarlilik xususiyati yo‘qolib, antigenlik va immunogenlik xususiyati saqlanib qoladi. Ularga: bo‘g‘ma, qoqshol, stafilakokk va vabo kasalliklarining vaksinasi kiradi.

    3. Kimyoviy va suniy vaksinalar: Kimyoviy usullar yordamida bakteriya xujayrasidan yuqori darajadagi immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Ularga qorin tifi kasalliklarining vaksinasi kiradi.

    4. Gen injeneriyasi bilan olinadigan vaksinalar: Bu yo‘nalish bo‘yicha olinadigan omillar keyingi 10 - 15 yil ichida rivojlandi.

Vaksinalar: teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, og‘iz orqali, burun, tomoq shilliq qavatlariga, yuqori nafas yo‘llariga immunizatsiya qilinadi. Emlash yoshga, epidemiologik holatga ko‘ra o‘tkaziladi.


O‘zbekiston Respublikasida 2002-2013 yillar ichida qo‘llangan profilaktik emlash rejasi:


Yoshi

Vaksina nomi

1 kun

VGV – 1

2-5 kun

BSJ -1 , OPV-O

2 oylik

AKDS -1,OPV-1, VGV-2+XIB-1

3 oylik

AKDS-2,OPV-2, VGV-3+XIB-2

4 oylik

AKDS-3 , OPV-3, VGV-4+XIB-3

12 oylik

KPK-1

16 oylik

AKDS -4,OPV-4

6 yosh

KPK-2

7 yosh (1 sinf)

BSJ-2, ADS-M, OPV-5

16-17yosh(10 sinf)

ADS-M-6

Izoh: VGV –gepatit V ga qarshi, BSJ –silga qarshi, OPV-sholga qarshi, AKDS – ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma va qoqsholga qarshi, KPK- qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi, XIB- Xib infeksiyasiga qarshi, ADS-M bo‘g‘ma va qoqsholga qarshi kuchsizlantirilgan vaksina.
2014 yildan 2 va 3 oylik bolalarga rotaviruslarga qarshi vaksina tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə