Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


B- limfotsitlarni EAS-rozetka usulida aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə114/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209
Микро амалий китоб

B- limfotsitlarni EAS-rozetka usulida aniqlash.


Odam qonidagi V - limfotsitlarni aniqlashdagi eng oddiy usullardan bir hisoblanadi. V limfotsitlar membranasida komplementning S3 fraksiyasiga retseptor mavjud, reaksiya shu komplementni V- limfotsitlar tomonidan biriktirib olishga asoslangan. V- limfotsitlar S3 komplementni biriktirib olsa reaksiya ko‘zga ko‘rinmaydi. Reaksiya ko‘rinishi uchun komplement eritrotsitlarga adsorbsiyalanadi.
Komplementni eritrotsitar antitela kompleksini tayyorlash.

  1. odam eritrotsitlari (1-gruppa va rezus manfiy) uch marotaba 199 oziqli muhitda sentrifugada yuviladi (1000 ayln/min).

  2. yuvilgan eritrotsitni 2,5% aralashmasidan 2 ml olinadi va subagglyutinatsiyagacha nisbatan suyultiralgan quyonning qon zardobi teng mikdorda qo‘shiladi va 30 minut 370C termostatda saqlanadi.

v) aralashmaga 0.1 ml sichqonning normal qon zardobidan tomiziladi (komplement manbasi) va 30 minut yana termostatda saqlanadi.
g) aralashma bir marotaba 199 oziqli muhit bilan 800 ayln/min, 5 minut sentrifugada yuviladi. Komplement biriktirilgan eritrotsitning 1 ml dagi mikdori 100 x 106 ga etkaziladi.




  1. rasm. T-limfotditlarni periferik qondagi miqdori (E-ROK usulida , sxema) aniqlash

EAS-rozetkani qo‘yish. 0,1 ml limfotsit aralashmasiga 0,1 ml 1% komplement biriktirilgan eritrotsitlar qo‘shiladi, aralashma 5 minut 370C termostatga qo‘yiladi, so‘ngra 800 aylan/min 5 minut sentrifuga qilinadi va 0-40C muzlatkichda 30-60 minut saqlanadi. Qolgan bosqichlari T-limfotsitlarni aniqlash kabi qo‘yiladi. Komplement biriktirilgan eritrotsitlar komplementga retseptor bo‘lgan V- limfotsitlarga tanlab birikib rozetka hosil qiladi. Sog‘lom odamlarda V- limfotsitlarning bu populyasiyasi 15-25% tashkil qiladi.
Ohirgi yillarda limfotsitlar tarkibidagi maxsus antigen determinantlarga qarshi monoklonal antitelalar (mAT) ishlab chiqarilmoqda. Bulardan SD (klaster differensirovki) differensiyalanovchi monoklonal antitelalar kolleksiyasi bo‘lib, limfotsitlar membranasidagi maxsus biomolekula markerlarni aniqlaydi. Bu mAT yordamida oqib o‘tuvchi sitoflyuorimetriya yoki flyuroxrom bilan nishonlangan AT bilan immunoflyuoritsensiya usulida T va V limfotsitlar, ularning subpopulyasiyalarini aniqlash yo‘lga qo‘yilgan. Lekin shuni aytish zarurki yuqorida keltirilgan usullarni qo‘llash uchun laboratoriyalarda maxsus apparaturalar va reaktivlar zarur. Oxirgi yillarda monoklonal antitelalar yordamida bilvosita rozetka hosil qilish usuli yordamida T-, V va tabiiy killer hujayralariga baho berish yo‘lga qo‘yilgan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə