Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə125/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Lamusli sutni enterokokklar ko’payganda rangsizlanishi (o’ngda)

Enterokokklar ishqoriy xususiyatli sutni nordon tomonga suradi, buning natijasida lakmus reagenti 0.1% metilen ko‘ki) qo‘shilgan sut oqarib rangsizlanadi. Str. pyogenes sut rangini o‘zgartirmaydi (rasm 56). Bakteriologik tekshiruvlarning yakunlovchi bosqichida ajratib olingan kulturaning antigenlik xususiyatiga asoslanib identifikatsiya qilinadi. SHu xususiyatiga ko‘ra barcha streptokokklar serologik gruppalarga (A, V, S, D va x.k) bo‘linadi.


Streptokokklarning serogruppalarini tekshiriluvchi kulturadan olingan polisaxarid pretsipitogen S va zardoblar (asosan keng tarqalgan A, V, S va D serogruppa zardoblari) bilan pretsipitatsiya reaksiyasini qo‘yib aniqlanadi. Odam uchun patogen bo‘lgan ko‘pchilik β-gemolitik streptokokklar A-serologik gruppaga kiradi. Proteindan tashkil topgan tiplarga xos antigenlarning miqdori β-gemolitik streptokokklar bir qancha serovarlarga bo‘linadi, ulardan 47 tasi A gruppaga kiradi. Streptokokklar serovari agglyutinatsiya reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Keng miqyosda serologik tekshirishlar va streptokokklarning tipini aniqlash asosan epidemiologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan tekshiruvlarda o‘tkaziladi.
Ajratib olingan streptokokk kulturasining antibiotiklarga sezuvchanligi disk usuli bilan aniqlanadi.
Sepsisga shubhalanganda bemor qoni qandli bulonga ekiladi va toza kulturasi ajratib (stafilokokklarga o‘xshash) olinadi.
Serodiagnostika. Streptokokkli infeksiyalarning ba’zi nozologik turlarida KBR yoki pretsipitatsiya reaksiyalari yordamida bemor qonidagi spetsifik antitelolar aniqlanadi. O-streptolizinga qarshi antitelo asosan revmatizm diagnozini tasdiqlash uchun tekshiriladi. Reaksiya, agar bemor qonida O-streptolizinga qarshi antitelolar bo‘lsa, ularning aniqlash O-streptolizinning eritrotsitlarni eritish xususiyatini neytrallashiga asoslangan. Reaksiya standart, quritilgan O-streptolizin bilan qo‘yiladi. Hozirgi kunda O-streptolizinga qarshi antitelolarni aniqlashni IFAdan foydalaniladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə