Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Streptokokkli infeksiyalarda



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə123/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   209
Микро амалий китоб

Streptokokkli infeksiyalarda: Olinadigan biologik ashyo: yiring, yara yuzasidan ajralma, anginadan murtak yuzasidan shilliq parda, qon, peshob, oziq- ovqat mahsulotlari. Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zi va uning toksinining ham ahamiyati bor. Kasallikning rivojlanishida makroorganizmning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin.
51-rasm. Streptokokklar
Ekzogen holda streptokokklar asosan havo- tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarining butunligi buzilganda organizmga tushadi.
Septik holatda streptokoklarni aniqlash uchun qon olinib oziq muhitlarga ekiladi. Yiringli jarayonlarda yara jarohat chiqqan suyuqligidan olinadi. SHu bilan birgalikda shilliq qavatdan xam surtma olinadi. Agar jarohat yoki yaraning yuzasi yiring bilan qoplangan bo‘lsa uni avval fiziologik eritma bilan yuvib tashlab keyin yaraning chuqurchasidan ashyo steril tampon bilan olinadi. Biologik ashyodan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi, xona temperaturasida quritilib mikroskopda
ko‘riladi. Ko‘rish maydonida uzun, zanjirsimon, chetlari tekis, dumaloq, diametri 1-4 mm, binafsha rangli, Gram musbat kokklar ko‘riladi.
Birlamchi ekish uchun oziq muxitlar qonli agar, zardobli agar, qandli bulon, Giss muhiti. Barcha ekilgan oziq muhitlar termostatga 18-24 soat 37 0S ga qo‘yiladi.
Ashyo olingach tampon steril probirkaga joylashtirilib laboratoriyaga jo‘natiladi. Natijalarni olish vaqti dastlabki natija 3 kundan so‘ng, ohirgi natija 4 kundan so‘ng beriladi.
Streptokokkli infeksiyalarda bakterioskopik, bakteriologik, biologik, serologik (maxsus flyuoressent, pretsipitatsiya reaksiyasi) usullardan foydalaniladi.




52-rasm.
Bakteriologik tekshiruv 1-kun. Tekshiriladigan material Petri kosachasidagi qonli, zardobli, qandli agarlarga va ekiladi va material (tampon) qandli bulonda qoldiriladi. 37°S da 24 soat davomida termostatda saqlanadi. 2- kun. Qonli agarda Str. pyogenes uch xil koloniyalar hosil qiladi: birinchi tipi kattaroq, yaltiroq, sal cho‘ziluvchan, suv tomchisini eslatadi (yangi ajratib olingan izolyatlarida), ko‘proq mayda, to‘g‘nog‘ich boshchasidek keladigan xiraroq, qirralari notekis, sharsimon koloniyalar (yangi ajratib olingan M-Ag tutuvchi izolyatlariga xos) hosil qiladi. Enterokokklar esa oziqli muhitlarga talabchan emas, qonli agarda 18-24 soatdan so‘ng 0,4 - 1,0 mm diametri, kulrang koloniyalar hosil qiladi. Enterokokklar uchun selektiv-differensial Dif-3, Dif-5 muhitlari hisoblanadi. Dif-3, Dif-5 muhitlari tarkibida tellurit kaliy saqlaydi. Enterokokklar telluritni qaytargani uchun koloniyalari qora ranga kiradi. Streptokokklarning boshqa turlari telluritni
195
qaytarmaydi va koloniyalari rangsiz bo‘ladi. Streptokokklar, stafilokokklardan farqli ravishda bulonda donachalar va parcha-parcha cho‘kmalar hosil qildi. Str. pyogenes probirka devoriga yopishgan holda o‘sadi, probirkadagi muhit tiniq bo‘ladi, enterokokklar esa buloni loyqatib o‘sadi.
Jadval 13.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə