Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə131/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209
Микро амалий китоб

Mashg‘ulot.


Mavzu: Havo-tomchi infeksiyalari. Bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, sil, Xansenioz (moxov), pnevmokokk, meningokokk qo‘zg‘atuvchilariga ta’rif. Laboratoriya tashxisi.


Mashg‘ulot rejasi:

  1. Turli xil bakteriyalar keltirib chiqargan o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari va zotiljamning mikrobiologik diagnostikasi.

  2. Meningokokk va pnevmokokklar keltirib chiqargan kasalliklarni bakteriologik diagnostikasi.

  3. Bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisiga xarakteristika va laboratoriya tashhisi. 4.Ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchisi laboratoriya tashhisi.

  1. Sil va moxov kasalligi qo‘zg‘atuvchilariga xarakteristika va laboratoriya tashhisi.

  2. Ushbu kasalliklar diagnostikasida, profilaktikasida va davolashda qo‘llaniladigan preparatlar.

Namoyish qilish.





  1. Bo‘g‘ma, sil, moxov qo‘zg‘atuvchilarining sof kulturasidan tayyorlangan surtmalar.

  2. Qonli agardagi pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisining koloniyalari.

  3. Meningokokklarning orqa miya suyuqligidan tayyorlangan va metilen ko‘ki, Gram usullarda bo‘yalgan tayyor surtmalari.

  4. Sil qo‘zg‘atuvchisini aniqlashda qo‘llaniladigan oziq muhitlar.

  5. Diagnostika, profilaktika va davolashda qo‘llaniladigan preparatlar.

  6. KQAga “yo‘tal plastinkasi” usulida ekish.

Meningokokk - (Neisseria meningitidis) meningit kasalligi bilan og‘rigan bemorning orqa miya suyukligidan ajratib olingan va 1887 yilda A. Veykselbaum tomonidan batafsil o‘rganilgan. Klasifikatsiasi bo‘yicha meningokokklar Neiseria avlodiga va Neiseriaceae oilasiga mansubdir.
Morfologiyasi: Meningokokklar kofe donasini eslatuvchi, juft holda joylashgan, diplokokklardir. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinga ega emas, yiringli materialda ko‘pincha leykotsitlarning ichida joylashgan bo‘ladi. Kulturadan tayyorlagan surtmalarda mayda yoki yirik, bittadan, juft holda va 4 tadan joylashgan holda ko‘rinishi ham mumkin. Gr(-), lekin ayrim hollarda Gr(+) ham bo‘lishi mumkin.
Meningokokklar aerob va fakultativ anaerob sharoitida o‘sadi. Oddiy oziq muhitlarda o‘smaydi. Antroponoz kasallik bo‘lib, manba bemor odam va tashuvchi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi burun – halqumda fimbriyalari yordamida joylashib, keyinchalik limfa tomirlariga tushadi va qonga o‘tib bakterimiya kuzatiladi, gemotagen yo‘l bilan tarqaladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə