Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Epidemik meningit qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə132/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   209
Микро амалий китоб

Epidemik meningit qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi.


Epidemik meningit kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Neisseriaceae oilasi, Neisseria avlodi, Neisseria meningitidis

  1. Bakterioskopik usul: Olinadigan biologik ashyo: likvor, burun va tomoqdan shilliq, qon. Ashyodan surtma tayyorlanadi, ko‘rish maydonida Gramm manfiy diplokokklar bo‘lib, spora xosil qilmaydi, xarakatsiz. Morfologik, tinktorial xususiyatiga qarab tashhis qo‘yiladi.

  2. Bakteriologik usul: Olingan biologik ashyo: likvor, burun va tomoqdan shilliq, qon maxsus oziq muhitlar Beylining gormonal agari, Faylds muhiti, Legru muhiti, ristomitsinli elektiv muhitlarga ekiladi, termostatda 370S da 48 soat davomida qo‘yiladi, qiya qotirilgan zardob qo‘yilgan agarga ekiladi, zich oziq muhitlarda S - ko‘rinishli, mayin, xira koloniyalar hosil qiladi. Fermentativ, antigenlik, toksigenlik xususiyatiga qarab tashhis qo‘yiladi.

  3. Serologik usul: Agglyutinatsiya(AR) reaksiyasi, Pretsipitatsiya(PR) reaksiyasi, Neytrallash reaksiyasi, Bilvosita gemaglyutinatsiya (BGAR) reaksiyasi,

Immunoferment (IFA) reaksiyasi, Immunoelektroforez va radioimmun (RIA) usullaridan foydalaniladi


Xavo-tomchi infeksiyasi epidemik meningit kasalligida bemordan ashyo olish qoidalari.


Havo-tomchi infeksiyasi epidemik meningit kasalligida bemordan orqa miya suyuqligini (likvor) olishda,bakteriologik tekshirishlar uchun punksiya yoki miyaning oshqozonchalarini punksiya qilish yordamida olinadi. U antibakterial davolash boshlanguncha olinishi lozim. Orqa miya suyuqligini shifokor olishi shart. YAngi olingan likvor ninasiz shpritsning o‘zidan spirt lampasi alangasi ustida steril sentrifuga probirkasiga 1,2 ml miqdorida quyiladi. Uni tekshirish uchun darxol laboratoriyaga jo‘natish shart. U erda esa shu zahoti likvor sovib ulgirmasidan tekshirish muhim hisoblanadi. Likvor mikroskopiyalanadi va maxsus oziq muhitlarga Beylining gormonal agari, Faylds muhiti, Legru muhiti, ristomitsinli elektiv muhitlarga ekiladi, termostatda 370S da 48 soat davomida qo‘yiladi, qiya qotirilgan zardob qo‘yilgan agarga ekiladi, zich oziq muhitlarda S - ko‘rinishli, mayin, xira koloniyalar hosil qiladi.Fermentativ, antigenlik, toksigenlik xususiyatiga qarab tashhis qo‘yiladi.




  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə