Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Qoqshol kasalligi profilaktikasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə129/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   209
Микро амалий китоб

Qoqshol kasalligi profilaktikasi: AKDS vaksina, muskul orasiga 2, 3, 4, 16
oylikda emlash, qayta emlashlar ADS-M bilan 7, 16-17, 26, 46 yoshlarda olib boriladi. Qoqsholda adsorbsiyalangan qoqshol anatoksini, zardob va odam immunoglobulinlaridan foydalaniladi.

Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi.


Gazli gangrena kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining taksonomiyasi: Clostridium avlodi, Clostridium perfringens, Clostridium novyi, Cl. Sardelli Clostridium ramosum, Clostridium histolyticum, Clostridium septicum.
Asosiy kasallik ko‘p uchraydigani Cl.perfringens hisoblanadi. Morfologiyasi Gr+ tayoqcha, sporasi subterminal, hivchinsiz, odam va hayvon organizmida kapsula hosil qiladi. Boshqa turlarida hivchin bor. Cl.perfringens ning biokimyoviy xususiyati faol bo‘lib qandlarni gaz ham kislota hosil qilib parchalaydi.organizmga tushgan qo‘zg‘atuvchi to‘qimani tez nekrozga uchratib gaz to‘planishiga olib keladi. Anaerob infeksiya rivojlanishida shish paydo bo‘lib, keyin gangrenaga aylanadi. Qo‘zg‘atuvchi ajratgan kuchli ekzotoksin intoksikatsiyaga sababchi bo‘ladi. Tekshirish uchun nekrozga uchragan to‘qima. SHish suyuqligi, jarrohlik iplari va tuproq olinadi.

  1. Bakterioskopik usul:1.Bakteriologik laboratoriyada biologik ashyo ezilgan, nekrozga uchragan to‘qima, shish ichidagi suyuqlik, bog‘lov materiali, jarroxlik ipagi, ketgut, kiyim, tuproq tekshiriladi.

  2. Buyum oynachasi ustida yara selidan bakteriologik surtma tayyorlanadi. 3.Tegishli bo‘yoqlar yordamida (Ojeshko usuli) bo‘yalib, xona temperaturasida

quritiladi.
4.Immersion yog‘ tomiziladi va mikroskopda ko‘riladi. Bunda ko‘rish maydonida yirik, Gramm musbat,to‘g‘ri, xujayrada subterminal joylashgan sporalar ko‘riladi.

  1. Bakteriologik usul: Ashyo maxsus muhitlarga ekiladi, sof kultura ajratib olinadi, morfologiyasi, kapsula hosil qilishi, fermentativ xususiyatlari bo‘yicha identifikatsiya qilinadi.

  2. Biologik usul: Tekshirilayotgan materialda ekzotoksin borligini tekshirish uchun oq sichqonga bulonda o‘stirilgan kulturaning filtrati yoki bemorning qoni yuboriladi.


  3. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə