Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə130/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209
Микро амалий китоб

Neytrallash usuli: Oq sichqonlarga toksinni antitoksik zardob bilan qo‘shib yuboriladi.

Profilaktikasida 1. Adsobsiyalangan qoqshol anatoksini. Qoqshol ekzotoksinidan tayyorlangan. Qoqsholga qarshi aktiv immunizatsiyada ishlatiladi, ADS, AKDS (Adsorbsiyalangan ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma – qoqshol vaksinasi. Vacctnum pertussico- diphtherico-fetanicum aluminio Hydroxydato adsorptum) tarkibiga kiradi.

  1. Bundan tashqari qorin tifi (O va Vi antigenlari) va sektaanatoksinlar (botulizm A, V, E tiplari, qoqshol va gazli gangrena (perfringens A tipi va edematiens).

  2. Qoqsholga qarshi zardob (otlarni qoqshol anatoksini bilan giperimmunizatsiyalash orqali olingan).

  3. Qoqsholga qarshi odam immunoglobulinlari(donor odamlargamma- globulinlaridan tayyorlangan).

  4. Gangrenaga qarshi zardob (otlarni gazli gangrena anatoksini bilan giperimmunizatsiyalash orqali olingan).

Amaliy mashg‘ulot Amaliy ish 1.


Stafilokokk agarli kulturasidan surtma tayyorlash va Gram usulida bo‘yab morfologik va tinktorial xususiyatlariga baho berish va letsitinaza aktivligini ko‘rish uchun shubhali koloniyalardan TSTA (tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agar) ga qayta ekish.


Amaliy ish 2.


Streptokokk bulonli kulturasidan surtma tayyorlash va Gram usulida bo‘yab morfologik va tinktorial xususiyatlariga baho berish va gemolitik aktivligini ko‘rish uchun shubhali koloniyalardan QA (qonli agar) ga qayta ekish.


Amaliy ish 3.


Kitta-Tarotssi muhitiga ekilgan tuproq namunasidan surtma tayyorlash va Gram, Sil-Nilsen usullarida bo‘yab anaerob infeksiya qo‘zg‘atuvchilari vegetativ va sporalarini ko‘rish.


Vaziyatli masalalar


    1. Gazli gangrena simptomlari bilan jarohatlanganlarning jarohatidan ajralib chiqqan ashyodan surtma tayyorlab mikroskop ostida ko‘rilganda musbat javob olindi. Ko‘rilgan bakteriyalarning morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta’rif bering.

    2. Transport halokati tufayli jabrlangan odam jarohati tuproq bilan ifloslangan xolda statsionarga keltirildi. Tuproq bilan jarohatga qanday mikroorganizmlar tushishi mumkin va bunday xolda bakteriologik tekshirishga ashyo yuborish mumkinmi? Siz qo‘llaydigan profilaktika choralari qanday?

    3. Bakteriologik laboratoriyaga gazli gangrenaga shubha qilingan bemordan biologik ashyo olib kelindi. Biologik ashyo sifatida bemordan laboratoriyaga nima yuborilishi mumkin va bemorga tashhis qo‘yishda qaysi tekshirish usullarida foydalaniladi?

    4. Talabalarga mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotda anaerostatda inkubatsiya qilingan qonli agarli Petri kosachalari tekshirish uchun tarqatildi. Qonli agarda talabalar gemoliz zonasi va yasmiqsimon koloniyalar borligini kuzatishdi. Qaysi mikroorganizmlar anaerob sharoitda shunday koloniyalar hosil qiladi?

    5. Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida jarohatdan yiring olinib kelindi. Surtma tayyorlab ko‘rilganda ko‘rish maydonida stafilokokklar kuzatildi. Keyingi tekshirish rejasini tuzing va xulosa qiling.

    6. Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida tomoqdan va burundan olingan surtma keltirildi. Keyingi tekshirishlar rejasini tuzing.

    7. O‘ng qo‘ltik ostida karbunkul rivojlangan bemor shifoxonaga murojaat qildi.

Tashhis qo‘yish va uni davolash uchun Siz ko‘radigan chora-tadbirlar.



  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə