Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Pnevmokokklarni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə133/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   209
Микро амалий китоб

rasm.

Pnevmokokklarni 1871 yil R. Kox aniqlagan. Streptococcaceae oilasiga, Streptococcus avlodiga kiradi. Lansetsimon diplokokk, xivchin, sporasi yo‘q. Kapsula hosil qiladi, Gr+. Kapsulasida antifagin joylashgan. Patogen faktorlari: endotoksin, gemolizin, leykotsidin, gialuronidaza, fibrinolizin, peptidaza fermentlarini ishlab chiqaradi. Tashhis qo‘yishda bakteriologik. Biologik, serologik usullardan foydalaniladi. Tekshiriluvchi material bemor balg‘ami bo‘lib, uni maxsus oziq muhitlarga ekib sof kultura ajratib olinadi. Biologik usulda oq sichqonlarga yuboriladi ular juda sezgir bo‘lganidan tez nobud bo‘ladi. So‘ng uning organlaridan bosma surtma tayyorlab metilen ko‘ki bilan bo‘yab mikroskopda ko‘riladi.

Pnevmokokklar keltirib chiqargan infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasi


Str. pneumoniae Streptococcaceae oilasiga kiradi. Bular og‘ir turdagi zotiljam hamda ko‘zning shox pardasida tarqaluvchi yara, ba’zi hollarda esa, sepsis va yiringli yallig‘lanish jarayonlarini (otit, rinit, meningit va boshqalar) ham qo‘zg‘atadi. Kasallik manbasi kasal odam va tashib yuruvchilar (20-50% maktabgacha yoshdagi bolalar va 20- 25% kattalar). Ko‘proq kasallik organizmni rezistentligi pasayib ketganda kuzatiladi. Str. pneumoniae kapsula antigeni bo‘yicha 84 serovarlarga bo‘linadi. 1, 2 va 3 tiplari odamda kasallik keltirib chiqaradi.

  1. kun. Tekshirish uchun material: balg‘am, yiring plevra suyuqligi va boshqalar.

Balg‘am steril Petri kosachasiga quyiladi va yiringli tugunchalardan olinib buyum oynasiga qo‘yiladi ikkinchi buyum oynachasi bilan ezg‘ilab surtma tayyorlanadi va quritilib, qotirilib Gram va Gins usullarida bo‘yaladi. Mikroskopda ko‘riladi. Agar surtmada gram musbat lansetsimon kapsulali diplokokklar topilsa dastlabki diagnoz qo‘yish imkonini beradi. Tekshirish uchun olingan materialni qonli va zardobli agarlarga ekiladi. Qolgan tampondagi materialni qandli bulonga solib qo‘yiladi. Ekilgan ekmalar termostatga 37° S 18- 20 soatga qo‘yiladi. Ko‘pchilik hollarda materialdagi boshqa mikroorganizmlar pnevmokokklarni sun’iy oziq muhitlarda ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning
uchun pnevmokokklarni ajratib olishda biologik sinama qo‘yiladi. Pnevmokokklar oq sichqon organizmida juda tez ko‘payadi. Biosinama qo‘yish texnikasi. Ozroq balg‘am (3-5ml) steril bulon bilan eritiladi va shu eritmadan 0,5 ml oq sichqonlarni qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5-6 soatdan keyin sichqon kasallanadi, qorin bo‘shlig‘ida yig‘ilgan ekssudatdan steril shprits bilan olinib bakterioskopiya uchun surtmalar tayyorlanadi va Gram usulida bo‘yab mikroskopda ko‘riladi, ijobiy natija bo‘lsa ekssudat oziqli muhitlarga ekiladi va ekmalar temostatga 37° S 18-20 soatga qo‘yiladi.

  1. kun. Ekmalar termostatdan olinib ko‘riladi. Pnevmokokklar QA da mayda, nozik, biroz ko‘kimtir rangdagi α - gemoliz halqa bilan o‘ralgan koloniyalar hosil bo‘ladi. Morfologik va tinktorial xususiyatlarini o‘rganish uchun esa, shubhali koloniyadan surtma tayyorlanadi, so‘ngra sof kultura ajratish maqsadida qiyalantirilgan qonli agarga yoki zardobli bulonga ekiladi va ekmalar temostatga 37° S 18-20 soatga qo‘yiladi. Birinchi kuni bulonga solib qo‘yilgan tompondan surtma tayyorlanadi, Gram usulida bo‘yab ko‘riladi.

  2. kun. Ekmalar ko‘zdan kechiriladi va kulturani sofligi aniqlanadi - surtma tayyorlanib Gram usulida bo‘yab mikroskopda ko‘riladi lansetsimon diplokokklar topilsa qo‘yidagi xususiyatlari bo‘yicha oziqli muhitlarga ekilib identifikatsiya qilinadi:1. Inulinli muhitga;

    1. O‘t safroli muhitga;

    2. Optoxinga sezgirligini aniqlash;

    3. Kapsulani bo‘rtish reaksiyasi


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə