Inulin sinamasini qo‘yish. Tekshirnilayotgan kultura inulin qo‘shilgan lakmusli muhitga ekiladi va termostatga qo‘yiladi. 18-20 soatdan keyin pnevmokokk bo‘lsa muhit qizaradi (boshqa streptokokklar muhitni rangini o‘zgartirmaydi).
Optoxinga sezgirligini aniqlash. Tekshirilayotgan kultura 10% qonli agarga gazon usulida ekiladi va ekma yuzasiga optoxin shimdirilgan disk qo‘yiladi. Boshqa streptokokklardan farqliroq pnevmokokk optoxinga sezgir bo‘ladi.
O‘t safroga sezgirligini aniqlash. Ikkita agglyutinatsiya uchun mo‘ljallangan probirkalarga 1 ml dan tekirilayotgan bulonli kulturadan olinadi. Birinchi probirkaga
quyonni o‘t safrosi (40%) bir necha tomchi tomiziladi, ikkinchi probirka kontrol bo‘ladi. Ekmalar termostatga qo‘yiladi. 18-20 soatdan keyin birinchi probirkadagi loyqa bulon (o‘t safro pnevmokokklarni eritib yuboradi) tiniqlashib qoladi, kontrolda o‘zgarish kuzatilmaydi.
Tez diagnoz qo‘yish usullari. Buning uchun biosinamadan (oq sichqonni qorin bo‘shligidan olingan ekssudat) foydalaniladi. Neyfeld bo‘yicha kapsulani bo‘rtish reaksiyasi. Buyum oynasiga 3 tomchi ekssudat olinadi. Har bir tomchiga pnevmokokka qarshi anti qon zardob qo‘shiladi: birinchi tomchiga I tipi, ikkinchisiga II chi va uchunchisiga III tipi. SHundan keyin har bir aralashmaga bir tomchidan metilen ko‘ki qo‘shiladi va yaxshilab qovuzloq
Jadval 14.
Str. pneumoniae va boshqa piogen streptokokklarning differensial
belgilari.
Gemoliz xarakteri
|
Gemoliz xarakteri
|
Inulinni parchalashi
|
40% o‘t safro eritmasida
erishi
|
Optoxinga sezgirligi
|
Str. pneumoniae
|
α
|
+
|
+
|
+
|
Str. ryogenes va
bosh.
|
β va α
|
—
|
—
|
—
|
bilan aralashtirib, har bir aralashma alohida yopqich oyna bilan yopilib mikroskopda immersion sistemada ko‘riladi. Musbat reaksiyada pnevmokokk tipiga mos kelgan ezilgan tomchi preparatda pnevmokokkning kapsulasini bo‘rtganligi ko‘rinadi.
Mikroagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish. Pnevmokokk tipini mikroagglyutinatsiya reaksiyasi orqali ham aniqlash mumkin. Buyum oynasiga 4 tomchi ekssudat olinadi. Har bir tomchiga pnevmokokka qarshi agglyutinatsiyaga uchratuvchi qon zardob qo‘shiladi: birinchi tomchiga I tipi, ikkinchisiga II chi va uchunchisiga III tipi, 4 tomchi kontrol bo‘ladi. I va II tip qon zardoblari 1:10 va III tipi esa 1:5 nisbatda oldindan suyultirilgan bo‘lishi kerak. Musbat reaksiyada pnevmokokk tipiga mos kelgan aralashmada agglyutinatsiya reaksiyasi kuzatiladi.
Ajratib olingan kultura antibiotiklarga sezgirligi aniqlanadi va yakuniy javob beriladi.
Dostları ilə paylaş: |