Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Difteriya profilaktikasida



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə137/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209
Микро амалий китоб

Difteriya profilaktikasida: AKDS – vaksinasi muskul orasiga 2 oylik paytda emlash, qayta emlashlar esa 3, 4, 16 oylik paytlarda olib boriladi. ADS-M bilan 7, 16-
17, 26, 46 yoshlarda emlanadi.


Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi




Ko‘kyo‘tal kasalligining qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Bordetella avlodi, Bordetella pertussis.

  1. Bakterioskopik usul: Olinadigan biologik ashyo: balg‘am, xalqum va burundan shilliq.Ashyodan surtma tayyorlanadi, ko‘rish maydonida to‘g‘ri yoki biroz bukilgan Gram manfiy tayoqchalar bo‘lib, mayda, kalta, shaklda, sporasi yo‘q, xarakatsiz, mikrokapsulasi bor. Morfologik, tinktorial xususiyati o‘rganiladi.

  2. Bakteriologik usul Olingan biologik ashyo balg‘am, halqum va burun shilliqidan maxsus oziq muhitlarga Borde-Jangu muhiti, sut - qonli agar, kazein - ko‘mirli agarga ekiladi, termostatda 370S da 48-72 soatda qoldiriladi, zich oziq muhitda S- ko‘rinishli, mayda (1-2 mm) yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan koloniyalar hosil qiladi. Sof kultura ajratib olinib, identifikatsiya qilinadi, kultural, biokimyoviy xususiyatlariga qarab tashhis qo‘yiladi.

  3. Serologik usul: Komplementni bog‘lash(KBR) reaksiyasi, immunoferment analiz (IFA) reaksiyasi, immunoflyuoressent usullaridan foydalaniladi.

  4. Teri allergik sinama: 0,1ml antigen bemor bilagining ichki yuzasidagi teri orasiga yuboriladi,va 16 - 20 soatdan keyin antigen yuborilgan joy 2sm kattalikda qizarsa reaksiya musbat hisoblanadi.

Ko‘kyo‘tal profilaktikasida: AKDS vaksina, muskul orasiga 2, 3, 4, 16 oylik chaqaloqlar emlanadi.

Havo-tomchi infeksiyalarida ”Xalqum tampon usuli”da ashyo olish.


Tibbiyot xodimi chap qo‘lidagi shpatel bilan tilni bosib, o‘ng qo‘lidagi steril tamponni og‘iz bo‘shlig‘iga suqadi. Bunda tampon til, tanglay shilliq qavatlariga tegib ketmasligi kerak. SHilliq, ashyo xalqumni orqa devorida o‘ngdan chapga qarab 2-3 marta xarakat qildirib olinadi va tampon sekinlik bilan og‘iz shilliq qavatlariga tegizmasdan olinadi. Olingan biologik ashyo maxsus oziq muhitlarga ekiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə