Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə145/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   209
Микро амалий китоб

Ikkinchi kun: I.Ertasi kuni ekmani termostatdan olib ko‘riladi. Tif paratif bakteriyalari ko‘payishi Rapoport oziq muhitida 18-24 soatdan keyin kuzatiladi. Bunda flakondagi oziq muhitning rangi sarg‘ish rangdan qizg‘ish rangga o‘zgaradi oziq muhit rangini o‘zgarishiga sabab tif paratif mikroorganizmlari oziq muhit tarkibidagi glyukoza yoki mannitni kislota xosil qilib parchalashi Andrede indikatorini tiklash natijasidir. Agar Salmonella typhi bo‘lsa flakondagi oziq muhit yuzasida gaz pufakchalari xosil bo‘lmaydi. Salmonella paratyphi A yoki V bo‘lsa oziq muhit yuzasida gaz pufakchalari bo‘ladi.
2.Flakondagi ekmada yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar kuzatilmasligidan qat’iy nazar bakteriologik xalqa yordamida flakondagi ekmadan olinib Endo, Ploskirev va vismut sulfit agarga ekib 370S haroratda termostatga qo‘yiladi. Endo oziq muhitida Salmonella tiniqroq binafsharok nafis koloniyalar hosil qilib o‘sadi. Ploskirev oziq muhitida rangsiz zich koloniyalar hosil qilib o‘sadi. Ularning farqini esa vismut sulfit agarida ko‘rish mumkin. 24 soatdan keyin Salmonella typhi va Salmonella paratyphi V qora metall shu’lalinishi bor qo‘rg‘oshin rangida va tagi qoraygan koloniya xosil qilsa, Salmonella typhi A esa ochroq, ko‘kimtir nafis koloniyalar hosil qilib o‘sadi. Agarda flakondagi ekmadan oziq muhitlarga ekilgandan keyin oziq muhitlarda o‘sish kuzatilmasa flakon tashlab yuborilmaydi, aksincha 2, 3, 5, 7, 10 kungacha 370S haroratli termosttaga qo‘yilib qayta-qayta oziq muhitlarga ekib tekshiriladi. 10 kundan keyin ham oziq muhitlarda xarakterli koloniyalar kuzatilmasa unda flakondagi ekma tashlab yuborilib manfiy natija yozib beriladi va tekshirish to‘xtatiladi.


65-rasm.
Bakteriologik tekshirish uchun duodenal suyuqligidan olingan analizni quyidagi muhitlarga ekiladi: a) vismut-sulfit agarga va Ploskirev oziq muhitiga:

  1. flakon buloni bilan shunday bo‘lishi kerakki tekshirilayotgan ashyo bilan oziq muhit nisbati 1:10 ni tashkil qilishi lozim. 10 kun davomida qattiq differensial diagnostik oziq muhitlarga ekish ishlari olib boriladi. Agarda patogen ichak bakteriyasi guruhiga shubhalanilgan koloniyalar aniqlansa unda qon va o‘t suyuqligidagi ekmani keyinchalik o‘rganish ishlari quyidagi ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha olib boriladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə