Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə146/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   209
Микро амалий китоб

Ikkinchi kun.


    1. Differensial - diagnostik oziq muhitlarga ekilgan ekmalarni termostatdan olib oddiy ko‘z va lupa orqali xosil bo‘lgan mayda koloniyalarni kuzatish uchun

ko‘riladi. Agar 24 soatdan keyin ham vismut-sulfit agarida salmonellalar uchun ham xarakterli koloniyalar ko‘rilmasa, unda oziq muhit yana bir kunga termostatda qoldiriladi.

    1. 3-5 ta tif paratif bakteriyalariga xos bo‘lgan koloniya bakteriologik qovuzloq yordamida olinib Ressel muhitga sof kultura ajratib olish va glyukoza laktozaga nisbatan fermentativ xususiyatini aniqlash maqsadida ekiladi.

Uchinchi kun.


  1. Ajratib olingan sof kulturani aniqlash uchun Ressel oziq muhitlaridan surtma tayyorlab, Gram usuli bo‘yicha bo‘yab surtma mikroskop ostida ko‘riladi. Qorin tifi, paratif bakteriyalarning morfologik va tinktorial xususiyatlarini aniqlanadi.

  2. Ressel muhitida o‘sib chiqqan mikroblarning fermentativ xususiyati o‘rganiladi. Tif bakteriyalari laktozani parchalamaydi, glyukozani kislotagacha parchalash natijasida muhit ranggi qizg‘ish rangga o‘zgaradi. Paratif bakteriyalari ham laktozani parchalamaydi, glyukozani kislota va gaz xosil qilib parchalab muhitni rangini o‘zgartirishi bilan birga gaz pufakchalarini ham xosil qiladi.

  3. Glyukozani kislota xosil qilib ivituvchi qorin tifi bakteriyalariga shubhalanganda yoki kislota va gaz hosil qilib parchalovchi paratif bakteriyalariga shubhalanilganda kulturadagi mikroorganizmlarni harakatliligini aniqlash maqsadida ukol qilib yarim suyuq agariga 0,2-0,5 yoki 1 ml 370S gacha qizdirilgan go‘sht peptonli bulonga ekiladi. SHu kuni 4-5 soatdan keyin bulondagi kulturadan ezilgan yoki osilgan tomchi preparati mikroskopiyalash uchun tayyorlanadi. Qorin tifi paratif bakteriyalari aktiv harakatlanish xususiyatiga ega.

  4. Ajratib olingan sof kulturani to‘la bioximik xususiyatini aniqlash maqsadida uni Giss muhitiga indol va serovodorodni aniqlash uchun Xottinger buloniga ekilib termostatga 370S haroratga qo‘yiladi. To‘rtinchi kuni adsorblangan salmonellezlarni monovalentli va polivalentli zardorblari ishtirokida ajratib olingan bakteriyalarining antigenlik tuzilishi o‘rganiladi. Serologik identifikatsiyadan maqsad O-somatik zardoblar bo‘yicha salmonella bakteriyalarining qaysi guruhiga xosligini aniqlash va guruhga xosligi aniqlangandan keyin aniqlangan guruhni qaysi turga xosligini

spetsifik N-antigen fazaga xivchinli N-zardoblar yordamida aniqlashdan iboratdir. Ajratib olingan kulturani identifikatsiya qilish sxemasi quyidagicha:

  1. salmonella avlodiga xos bo‘lgan ajratib olingan kultura turini aniqlash uchun adsorbsiyalangan polivalent A, B, S, D, E zardoblar bilan buyum oynachasida agglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Agarda manfiy natija kuzatilsa unda axyon axyonda uchrovchi salmonella guruhlarini polivalent O-zardoblaridan F, G, N, I va boshqalarida tekshirib ko‘rish zarur.

  2. agllyutinatsiya reaksiyasi musbat bo‘lsa ya’ni tekshiriluvchi mikrob salmonella avlodiga xosligi tasdiqlansa, unda uni serologik guruhi aniqlanadi. Bu masalani echish uchun buyum oynachasida har bir O - zardob bilan ayrim aglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Mikrobni qaysi serologik guruhga xosligi aniqlangandan keyin monoretseptorli N-zardobli bilan ularni serologik tipi aniqlanadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə