Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Serologik tekshirish uchun qon olish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə148/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   209
Микро амалий китоб

Serologik tekshirish uchun qon olish: Qon bilak venasidan yoki barmoqdan 3-5 ml quruq steril probirkaga bemor ochligida olinadi. Qon zardobi tarkibida qorin tifi, A va V paratif qo‘zg‘atuvchilariga qarshi antitelolar paydo bo‘lganini aniqlash uchun Vidal agglyutinatsiya reaksiyasi, mono eritrotsitar diagnostikumlar bilan esa gemagllyutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Ashyo olish vaqti: kasallikni ikkinchi xaftasida, 7-8 kundan keyin zardob takroran olib tekshiriladi. Natijalarni olish vaqti jarayon qo‘yilgan kundan ertasiga.

  • Mielokultura-suyak ko‘migidan ashyo olish: to‘sh suyagini asseptika qoidalariga rioya qilingan holda sternal punksiya qilinib,uning tanasidan 0,5-0,75 ml miqdorida boyituvchi oziq muhitli (3 ml) probirkaga olinadi. Ashyo olish vaqti kasallikni birinchi xaftasida kasallik davomida.

    Birlamchi ekish uchun oziq muhitlar: selenitli muxit, Myuller, Kaufman, muhitlari. Natijalarni olish vaqti: tezlashtirilgan usul yordamida 24 - 48 soatdan keyin, klassik usulda aniqlanganda dastlabki natija uch kundan so‘ng, ohirgi natija to‘qqiz kundan so‘ng olinadi.

    1. Rozeololardan suyuqlik olish - Ashyo terida kasallikka xos toshmalar rozeololar paydo bo‘lganda olinadi. SHu joy 70-80 ml etil spirti bilan yuvilib keyin fiziologik eritma bilan yuviladi va steril doka parchasi bilan artiladi. Rozeola skarifikatsiya qilinadi va shu joyga 1-2 tomchi o‘tli suyuqlik tomiziladi, keyin Paster

    pipetkasi bilan yig‘ib olinib 3-5 ml boyituvchi muhitli probirkaga ekiladi. Ashyo olish vaqti: terida rozeolalar paydo bo‘lganda olinadi.
    Birlamchi ekish uchun oziq muxitlar selenitli muxit, Myuller va Kaufmon oziq muhitlari.

    1. Duodenal suyuqlikdan olish. Duodenal zond bemor ochligida og‘iz orqali kiritiladi. Zond kiritilgach 15-20 daqiqadan keyin o‘tning 1chi qismi (A porsiya) olinadi, keyin zond orqali 30-50 ml 30% li isitilgan steril magniy sulfat tuzi eritmasi yuboriladi, keyin to‘q jigarrang yoki yashil rangdagi o‘t ajralib chiqadi (V porsiya), undan keyin sariq rangli, tiniq o‘t yo‘llaridan o‘t (S porsiya) olinadi.

    Ashyo olish vaqti: kasallikni 1chi haftasida va tuzalgandan keyin. Birlamchi ekish uchun: selinitli, Kaufman, Myuller va 1%li qandli muhit.


    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə