Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Qorin tifi va paratiflarni serologik identifikatsiyalash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə150/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209
Микро амалий китоб

Qorin tifi va paratiflarni serologik identifikatsiyalash.


Vidal reaksiyasini qo‘yish uchun agglyutinatsion probirkaga qorin tifiga shubhalanilgan odam qon zardobi, fiziologik eritma, qorin tifi diagnostikumi ma’lum hajmda quyilib, termostatda (370S) 2 soatga qoldiriladi. Natija: agglyutinatsion probirkada ipir-ipir hosil bo‘lsa (agglyutinat), reaksiya «musbat», ipir-ipir hosil bo‘lmasa (agglyutinat), reaksiya «manfiy».


Vidal agglyutinatsiya reaksiyasini kuyish:







Titr
Ingridient

1:2

1:4

1:8

1:16

K

1.

IXN

49 t

20 t.

20 t.

20 t

20 t.

2.

Bemor qon zardobi.

1 t.

20t

20 t.

20 t.

-

3.

Diagnostikum (antigen)

2 t.

2 t.

2 t.

2 t.

2 t.

20t. dez.eritmaga


Qorin tifi kasalligi profilaktikasi: O‘ldirilgan, kimyoviy sorbsiyalangan qorin tifi vaksinasi yoki korpuskulyar mono-, di-, trivaksinalar. Teri ostiga yuboriladi. Epidemiologik holatga qarab bolalar 3 yoshdan 15 yoshgacha, erkaklar 60 yoshgacha, ayollar 55 yoshgacha emlanadi.

Bakterial dezinteriya qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi.


Bakterial dizenteriya kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining taksonomiyasi: Enterobacteriaceae oilasi, Shigella avlodi, Shigella dysenteriae, Shigella flexneri, Shigella boydii, Shigella sonnei.

  1. Bakteriologik usul: Olingan biologik ashyo – najasni tezda differensial- diagnostik muhitlar Ploskirev muhiti, Levin muhiti, Endo muhiti, nordon fuksinli 2% li glitserinli agarga ekiladi, termostatda 370S ga 18-24 soatga qo‘yiladi. zich oziq muhitlarda S-ko‘rinishli, nozik, rangsiz, hira koloniyalar hosil qiladi, sof kultura ajratib olinadi, barcha xususiyatlari bo‘yicha turigacha identifikatsiya qilinadi. Morfologik, tinktorial xususiyatlari o‘rganiladi.

  2. Serologik usul: Agglyutinatsiya (AR) reaksiyasi, bilvosita gemaglyutinatsiya (Bil GAR) reaksiyasi, immunoflyuoressent usuli,

Polimeraza zanjirli reaksiyalaridan foydalaniladi.

Profilaktikasi.


Dizenteriyaning poli valentli bakteriofagi. Tarkibida Fleksner va Zonne shigellalarini erituvchi faglar saqlaydi. Bular ham kislotaga chidamli, qobiq bilan o‘ralgan, tabletka holda chiqariladi. Kasallikni davolash va oldini olishda qo‘llaniladi.

Vabo qo‘zg‘atuvchilarining laboratoriya tashxisi.


Vabo kasalligining qo‘zg‘atuvchilarining taksonomiyasi: Vibrionaceae oilasi, Vibrio avlodi, Vibrio cholerae, Vibrio El –Tor


  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə