|
Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya
|
səhifə | 147/209 | tarix | 22.03.2023 | ölçüsü | 5,17 Mb. | | #102926 |
| Микро амалий китобTo‘rtinchi kun.
Probirkadagi Xottinger buloniga Giss muhitiga ekilgan ekmalar ko‘riladi. Qorin tifi bakteriyasi glyukoza maltoza va mannitlarni kislotagacha parchalash xarakterli bo‘lsa, paratif A va B bakteriyalari esa uglevodlarni kislota va gazlargacha parchalaydi. Xotitnger bulonida serovodorod aniqlandi.
Buyum oynasida O va N monoretseptor zardoblar yordamida tekshiriluvchi kultura bilan agllyutinatsiya reaksiyasi qaytariladi.
To‘rtinchi kun ohirgi natija berish kuni deb hisoblanadi. Tif paratif kasalliklarini serologik diagnostikasi:
Kasallikning 8-10 kunlarida qorin tifi, paratif kasalliklari bilan og‘rigan bemor qonida ma’lum kasallik qo‘zg‘atuvchilarning O va N antigenlariga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan antitelolarni esa Vidal aglyutinatsiyasi reaksiyasi yordamida probirkalardagi zardob bilan antigen aralashmasi shtativga joylashtirilib, yaxshilab silkitiladi va 2 soatda 370S li termostatda qo‘yiladi, keyin olinib 12-18 soatda xona haroratida qoldiriladi. Agar aglyutinatsiya reaksiyasi 1:1200 va undan yuqori titrlarda kuzatilsa unda kasalning bakteriologik tashxisi serologik jihatdan isbotlangan bo‘ladi.
Gemokultura qon olish: qon aseptika qoidalariga rioya qilingan holda olinadi. Bemor bilak venasidan antibiotiklar bilan davolash boshlangungacha qon olinadi. Spirtovka ustida boyituvchi oziq muhitli shisha idishga quyiladi.Olingan qonning bakteriotsid tasirini kamaytirish uchun u katta miqdordagi oziq muhit bilan suyultiriladi. SHuning uchun ekiladigan qonning oziq muhitga nisbati (1:10). Katta yoshdagi odamlardan 100 ml qon olib oziq muhitga quyiladi. Ashyo olish vaqti kasallikni birinchi kunlaridan isitmani ohirigacha. Birlamchi ekish uchun oziq muxitlar Rapoport, 10-20%li o‘tli muhit, 1% li glyukoza va GPB. Natijalarni olish vaqti: tezlashtirilganda 24-28 soatdan keyin, klassik usulda dastlabki natija 3 kundan so‘ng, ohirgisi to‘qqizinchi kundan so‘ng.
Dostları ilə paylaş: |
|
|