Qalqosimon bez kasalligiga chalingan bemorlarda kasallikning ichki manzarasi



Yüklə 19,12 Kb.
tarix04.06.2023
ölçüsü19,12 Kb.
#115455
QALQOSIMON BEZ KASALLIGIGA CHALINGAN BEMORLARDA KASALLIKNING ICHKI (2)


QALQOSIMON BEZ KASALLIGIGA CHALINGAN BEMORLARDA KASALLIKNING ICHKI MANZARASI
Shahnoza rajabboy qizi Jumaniyozova Urganch
Davlat Unversiteti Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)
yo’nalishi magistranti
Annatatsiya: Ushbu maqolada qalqonsimon bez kasalligiga chalinishda asosiy omillar sirasiga insonning psixoemotsional holati ta’sir qilishi, kasallikning kechishi, bemorning o’z kasalligiga munosabati, rus psixologlari tomonidan psixosomatik kasallikka chalingan bemorlarning kasalligi ichki manzarasi hususida ma’lumotlar keltirilgan.
Аннотация: В данной статье представлены сведения об основных факторах развития заболеваний щитовидной железы, влиянии психоэмоционального состояния человека, течении болезни, отношении больного к своему заболеванию, внутренней картине болезни больных с психосоматическими заболеваниями. по мнению российских психологов.
Annotation: This article presents information about the main factors in the development of thyroid diseases, the influence of a person's psycho-emotional state, the course of the disease, the patient's attitude to his disease, the internal picture of the disease of patients with psychosomatic diseases. according to Russian psychologists.
Kalit so’zlar: somatopisixik yo’nalish, «kasalikning subektiv (ichki) ko’rinishi » konsepsiyasi, “kasallikning avtoplastik ko’rinishi”, “kasalikning ichki manzarasi va yatragen kasaliklar”, kasalikning tashqi manzarasi, kassalikning ichki manzarasi, yatrogeniya, «kassalikning autoplastik manzarasi», “kasallikni boshdan kechirish”, “kasallikni anglash”, “somatonozognoziya”.
Ключевые слова: соматопсихическое направление, понятие «субъективная (внутренняя) картина болезни», «аутопластическая картина болезни», «внутренняя картина болезни и ятрогенные болезни», внешняя картина болезни, внутренняя картина болезни, ятрогения, «аутопластическая картина болезни», «переживание болезни», «осознание болезни», «соматоносогнозия».
Keywords: somatopsychic direction, the concept of "subjective (internal) appearance of the disease", "autoplastic appearance of the disease", "internal picture of the disease and yatragen diseases", external picture of the disease, internal picture of the disease, iatrogeny, "autoplastic picture of the disease", "experiencing illness", "awareness of illness", "somatonosognosia".
Bugungi kunda Butujahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra, qalqonsimon bez kaslliklari boshqa kasalliklarga nisbatan yuqori o’rinni egallaydi[2]. Shu sababli mamlakatimizda 2019-2021 yillarda Resapublika aholisiga Endokrinologiya yordami ko’satishni takomillashtirish bo’yicha Milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida 2019-yil 19-apreldagi PQ-4295-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Mamlakatimizda sog’liqni saqlashni isloh qilish bo’yicha davlat dasturini amalga oshirish doirasida aholiga endokrinologiya yordamini ko’satishning yaxlit tizimi yaratildi[4].
Endokrin tizimi kasaliklari, shu jumladan qalqonsimon bez kasalligi psixosomatik kasalliklar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda psixo va somatik jarayonlarning o’zaro aloqasi masalalari bilan psixosomatik tibbiyot shug’ullanadi. Psixosomatik tibbiyot bemorlarni faqatgina kasal organini ko’ruvchi emas, balki bir butun yaxlit sifatida o’ganadi. Qalqonsimon bez kasalliklarini o’rganish davomoda dolzarb masalalaridan biri qalqonsimon bez kasalligiga chalingan bemorlarning psixoemotsional xolati xisoblanadi.[3]. Rossiyalik vrach Botkin qalqonsimon bez kasalligining kelib chiqishida psixologik omillar axamiyatini o’rganib chiqqan va 1884-yilda kasalligining kelib chiqishida ruxiy jaroxatlarning axamiyatini ilmiy asoslab bergan.[1]
Rus klinik psixologiyasi somatopisixik yo’nalish doirasida ishlab chiqilgan «kasalikning subektiv (ichki) ko’rinishi » konsepsiyasi rus pisixologi A.R.Luriya tomonidan faniga kiritilgan. U.A.Goldshteyinning “kasallikning avtoplastik ko’rinishi” g’oyasini rivojlantirib, kasallikka chidamlikni shakllanishi va kasallik kechishi xarakteri bemorning o’z kasalligiga munosabati faolligiga, o’z ichki dunyosi, atrof realligiga bog’liqligiga urg’uni bergan. U 1935 –yilda “kasalikning ichki manzarasi va yatragen kasaliklar” nomli asarida mazkur masalani tula yoritib bergan u kasalikning ko’rinishini ikkiga ajratgan 1-kasalikning tashqi manzarasi – vrachning maxsus tadqiqot usullarini qo’llashi yordamida oladigan, qayt qilinadigan va izoxlanadigan o’bektiv ma’lumotlar, deb tushingan 2- kassalikning ichki manzarasi bu bermorning kassaligi bo’yicha barcha kechirmalari, kassaligning sabablari xaqidagi, barcha xislari va umumiy uzinin xis qilishi jamlamasi deb tushingan. Bu «bemorning murakkab barcha idrok va xislarining,emotsiyalarning, affektlarining, konfliktlarining, pisixik kechinma va jaroxatlarniing uyxunlikindan tashkil topgan katta ichki dunyosidir. » A.R.Luriya bemorlarning shikoyatini baxloshda, bemor bilan uning kasaligini muxokama qilishda extiyotkorlikka chaqirgan, aks xolda no aniq,subektiv emotsiyalar bilan ifodalanagan vrachning so’zini bemorni idrok qilishi uning xolatini yomonlashishiga va xatto pisixik buzilishlar sababchisiga (yatrogeniya) aylanib qolishini aytgan kassalikning ichki manzarasi maxsus tibbiy usullar va uskunalar yordamida tadqiq qilinadigan, obektiv kurinishlar to’plami- buzilishning alloplastik manzarasiga qarama qarshi turadi. A.R.Luriya uzining “kasallikning ichki manzarasi va yadrogen kasalliklar ” (1977 ) nomli asarida A.Go’ldsheyderning «kassalikning autoplastik manzarasi» g’oyasini davom qildirib KIM tizimini 2 komponentdan tashkil topganligini o’tiradi.
Senzitiv – o’zida bemorning aynan konkret kasallik yoki potologik o’zgarishdan kelib chiqqan umumiy xolati, aynan subyekt kechinmalarini izohlaydigan xislarni mujassamlashtiradi.
Intelektual bemorlarda oz kaslligi haqida fikrlashidan kelib chiqadigan, o’zini his qilishi va va xolatlari (boshqacha aytganda kasallikni ratsional baxolash), bazida bu tasurotlar real somatik bazaga ega bo’lmaydi. U senzitiv darajada ost tuzilishi xisoblanadi.
Mazkur tiplashtirish o’sha davrda tibbiyotda mavjud bo’lgan somotik va psixik dixotomyani aks ettiradi.
Klinik psixologiyada buzilishlarning subyektiv tomonlarini o’rganishda quyidagi terminlar ishlatiladi: “kasallikni boshdan kechirish”, “kasallikni anglash”, “somatonozognoziya”. Bu tushunchalarning xar biri kasallik holatiga psixologik reaksiyalarning aloxida tomonlarini bildiradi. Masalan, “kasallikni boshdan kechirish” tushunchasi inson o’z kasalligiga emotsional munosabat urg’usini beradi, “kasallikni anglash” tushunchasu esa, munosabatning ratsional komponentini, o’z xolatini intelektual izohlashni, “somatonozognoziya” tushunchasi o’z xolatining og’riqlar darajasini bilishni baxolash, kasallik axamiyatining vaqtli perspektiviyasini baxolash (kasallikkacha kim bo’lgan, xozr kim, keyin nima bo’ladi) manolarini anglatadi. Kasllikning ichki manzarasi tushunchasi salomatlikning buzilishiga inson munosabatlarining yuqoridagi 3ta jihatini ham qamrab oladi.
R.Konechniy va M.Bouxallar kasallikning ichki manzarasini , kasallikni yengish intilishi bilan bog’liq irodaviy tomonlarini aniqlashni taklif qilganlar. Kasallikning subyektiv manzarasi mazmuni quyidagi qator omillar bilan bogliq.
- buzilishning xarakteri (o’tkir yoki surunkali, og’riqning mavjudligi yoki mavjud emasligi, kosmetik defektlari, faoliyatda yoki xulqda oldingi imkoniyatlarning saqlanishi yoki cheklanishi va boshqalar);
- buzilish bilan hayot holati (yangi muammolarning paydo bo’lishi, stigmatizatsiya, diskriminatsiya va boshqalar);
- bemorning shaxsiy xususiyatlari;
- buzilishning rivojlanishigacha ijtimoiy mavqei.
Shaxsda kasallik ichki manzarasi mazmuniga bog’liq holda o’z kasalligiga munosabatning turli xil tiplari rivojlanishi mumkin, ularning orasida eng ko’p uchraydiganlari: adekvat, beparvo, inkor qiluvchi, qabul qiluvchi, ipoxondirik, rentli, loqayd.
Kasallikning ichki manzarasini bilish adekvat psixokorreksion tadbirlarni yoki diskomfort xislarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan, yoki kechinmalar modalligining o’zgarishi, kasallik holatiga konstruktiv moslashish bo’yicha jadallashish aktivizatsiyasini, yoki o’z holatining ratsionalizatsiya usullarini va kogniyiv ustanovkalarini korreksiyalanishida tanlash imkonini beradi.[3]
Demak, bemorlarni kasallikdan tezroq tuzalishi uchun shifokorning aniq tashxisi bilan birga bemorning o’z kasalligiga bo’lgan munosabati, bemorning psixoemotsional holati ham tuzalishi uchun muxim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Endokrinologiya. Samarqand-2012. Hamroyev X.T, Narboyeva A.N
2. in-academy.uz
3. Urazbayeva.D.Onkologik bemorlarga psixologik yordam ko’rsatish.Tosh.-2017
4. Lex.uz. 2019 yil 19-apreldagi PQ-4295-sonli Prezident qarori
Yüklə 19,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə