Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Xansenioz kasalligi laboratoriya tashhisi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə140/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   209
Микро амалий китоб

Xansenioz kasalligi laboratoriya tashhisi.


Moxovning mikrobiologik diagnostikasi asosan bakterioskopik va gistologik kesmalarni bo‘yab ko‘rishga asoslangan. M.leprae oziqli muhitlarda o‘smaydi, lekin oxirgi yillarda ba’zi bir ma’lumotlarda moxovning bakteriologik usulda ajratib olinganligi e’lon qilinmoqda.
Xansenioz (moxov) ni mikroskopik diagnostikasi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, mikroskopik usulda moxov mikobakteriyalari topilmasa, davolovchi shifokor kasallikning klinik manzarasiga qarab diagnoz qo‘yishi mumkin Ammo laboratoriya tekshiruvida moxov mikobakteriyasining topilishi diagnoz aniq bo‘lishini ta’minlaydi.
Moxovning lepromatoz xilida boshqa xillariga nisbatan mikobakteriyalar ko‘proq topiladi. YUqori nafas yullari, masalan, burun shilliq qavatidan olingan surtmalardan preparat tayyorlanadi. Buning uchun burun bo‘shlig‘i yaxshilab tozalanadi, buni bemorning o‘zi bajarsa ham bo‘ladi. So‘ngra avvaldan tayyorlab ko‘yilgan doka tampon o‘ralgan tayoqchalar bilan burunning ichki devoridan surtmalar olinadi va bir nechta buyum oynasiga qalinligi bir xil qilib surtiladi. Burundan odatdagi ajrab turgan shilimshiqni olish yaramaydi. Ularda moxov mikobakteriyasi juda kam yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Surtmalarni olishda juda ehtiyot bo‘lish va burun devorini shikastlab qo‘ymaslik kerak. Aks holda surtmaga qon aralashib, mikobakteriyalarni topish mushkullashadi.
Moxov mikobakteriyalarini topishda zararlangan teri tuki piyozining suyuqligidan tayyorlangan surtmalarni mikroskop ostida tekshirish yaxshi natija beradi. Terining zararlangan qismidan to‘qima suyuqligini olishdan avval shu joy spirt yoki efir bilan yaxshilab artib tozalanadi. Bunda birinchidan, aseptikaga rioya qilinsa, ikkinchidan, teridagi kislotalarga chidamli ba’zi saprofit mikobakteriyalardan tozalanadi.
Mo‘ljallangan teri sathini chap qo‘l barmoqlari bilan qisib turib, sterillangan o‘tkir jarrohlik pichog‘i (skalpel) bilan uzunligi 5 mm, chuqurligini 2,5-3 mm qilib tilinadi. So‘ngra ajralgan suyuqlikni skalpelda qirib olib, buyum oynasida bir necha surtmalar tayyorlanadi.
Qisib turgan barmoqlar qo‘yib yuborilganda tilingan joydan odatda bir oz qon chiqib turadi, bu tilish to‘g‘ri bajarilganidan dalolat beradi. To‘qima suyuqligi qosh, peshona, quloq suprasi, bel va dumba sohasida joylashgan lepromalardan olinadi. YAraga aylangan lepromalardan ham surtmalar tayyorlash mumkin. Surtmalar Sil—Nelson usulida bo‘yaladi. Ammo moxov mikobakteriyalari sil mikobakteriyalariga nisbatan kislotalarga chidamsiz bo‘lib preparatni rangsizlantirishda ehtiyot bo‘lish kerak. Bo‘yalgan surtmalarda moxov mikobakteriyalari qizil yoki pushti rangda bo‘lib, to‘da-to‘da, ba’zan esa yakka- yakka holda joylashadi. Sil mikobakteriyalari burchak yoki rim harfi shaklida ko‘rinsa, moxov mikobakteriyalari parallel tayoqchalar shaklida biroz uzunroq bo‘lib ko‘rinadi.
Surtmada moxov mikobakteriyalarini topish asosan tekshirilayotgan materialdagi moxov bakteriyalarining miqdoriga bog‘liq. Ularni topish uchun tekshiriladigan 1 ml materialda kamida 10.000—100.000 mikobakteriya bo‘lishi kerak. Buning uchun bitta surtmada 60 - 100 ta ko‘rish maydonini ko‘zdan kechirib chiqish kerak. 1-2 dona mikobakteriyalarni topish diagnozni tasdiqlay olmaydi. Ko‘rish maydonidagi mikobakteriyalar sonini sxema buyicha quyidagicha belgilanida: 0-mikobakteriyalar yo‘q, + shubhali, ko‘rish maydonida 1-2 ta bor, ++ ko‘rish maydonida anchagina, + + + ko‘rish maydonida juda ko‘p.
Tekshirishni bir necha marta takrorlagan ma’qul. Ishlatilgan asboblar va buyum oynalari avval alangada, so‘ng avtoklavda sterillanadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə