Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


So‘lak tarkibidagi lizotsim fermentini tajribada qog‘ozli disk usulida aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə91/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209
Микро амалий китоб

So‘lak tarkibidagi lizotsim fermentini tajribada qog‘ozli disk usulida aniqlash.


Tekshirilayotgan so‘lak filtr qog‘ozli diskga steril pinset yordamida olib shimdiriladi va M. Lisodeicticus ning 1 mlrd/ml kulturasi gazon usulida Petri kosachasidagi agarga ekilgan yuzaga joylashtiriladi (bitta kosachadagi agar yuzasiga 8-10 ta so‘lak shimdirilgan disklar qo‘yilishi mumkin). Tajriba qo‘yilgan kosacha 37º S da bir kun davomida termostatda saqlanadi. So‘lak shimdirilgan disk atrofidagi
mikrokokk kulturasini o‘sishi to‘xtatgan zona diametri o‘lchanadi va standart lizotsim bilan aniqlangan tajriba natijasi asosida formula asosida topiladi.
Jadval 6.

Standart lizotsim konsentratsiyasini qog‘ozli disk usulda aniqlanib olingan


natijasi

Qo‘llanilgan standart lizotsim
konsentratsiyasi (mg%)

M. lizodecticus kulturasini o‘sishini
to‘xtatgan zona diametri (mm)

50 mg%
25 mg% 12,5 mg%
6,25 mg%

27 mm
21 mm
14 mm 9,0 mm

Ilova: tekshirilayotgan so‘lakdagi lizotsim 9 mm gacha mikrokokkni o‘sishini to‘xtatish zonasi hosil qilsa, so‘lak tarkibidagi lizotsimni topish uchun 9 mm qo‘llaniladi, agar 9 mm dan yuqori bo‘lsa 14, undan yuqori bo‘lsa 21 va keyin 27 qo‘llaniladi.
Masalan, tekshirilayotgan so‘lak shimdirilgan disk atrofida mikrokokk kulturasini o‘sish zonasi to‘xtagan diametri 16 mm. Lizotsimning miqdorini topish uchun proporsiya tuzamiz;
21 mm – 25 mg% 16 x 25
16 mm - x x = = 19,05 mg%.
21
So‘lakdagi lizotsim fermentini titrini aniqlash.
So‘lak probikalarda ketma-ket (jadval 7) suyultiriladi. Har birga 1ml dan 1mlrd/ml mikrob tanasiga ega bo‘lgan M. Lisodeiticus – ning bir kecha kunduzlik kulturasi suspenziyasidan tomiziladi.
450S da 14 minut suv hammomida qizdiriladi. Inkubatsiyadan so‘ng, oxirgi suyultirilgan probirkadagi natijaga ko‘ra, undagi bakteriyalar to‘liq erigan (lizislangan), suyuqlik tiniq bo‘lsa, shunga qarab lizotsim titri aniqlanadi. Lizotsimning titrini, aktivligini fotoelektrokolorimetr yordamida quyqalik darajasiga ko‘ra yoki mikrob suspenziyasidagi optik zichlik bo‘yicha nefelometrik usul bilan ham aniqlash mumkin.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə