Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriya hujayrasining ulturastrukturasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə15/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriya hujayrasining ulturastrukturasi


Bakteriya hujayrasining hozirgi kunda yaxshi o‘rganilgan tarkibiga quyidagilar kiradi: hujayra qobig‘i, sitoplazma va tashqi strukturalari.
Hujayra qobig‘i tarkibiga o‘z navbatida kapsula, hujayra devori va sitoplazmatik membrana kiradi. Sitoplazmada esa nukleoid, ribosoma va kiritmalar joylashgan. (11-rasm). Ayrim bakteriyalarda tashqi strukturalar, xivchinlari va tukchalari mavjud. Bir qator bakteriyalar sporalar hosil qiladi. Sporasi bakteriya tanasini o‘lchamidan kichik bo‘lishi mumkin (Bacillus) va tana o‘lchamidan katta bo‘lishi mumkin (Clostridium–so‘zi yunoncha bo‘lib urchuq, duksimon ma’nosini anglatadi). Sporasi hujayrada terminal, subterminal yoki markaziy tarzda joylashadi. Bakteriyalarni hujayra devori - mustahkam, qayishqoq struktura birligi bo‘lib,
bakteriya hujayrasini tashqi tomondan sitoplazmatik membrana bilan o‘rab turadi.





  1. rasm.

Prokariot hujayra devori o‘zining tuzilishi va kimyoviy tarkibi bilan eukariot hujayralarning hujayra devoridan farq qiladi. Hujayra devorini asosiy tarkibidan biri prokariotlarda peptidoglikan (murein, mukopeptid) hisoblanadi. Eukariot va boshqa hujayralarda bu mukopeptid uchramaydi. Peptidoglikan bir –biri bilan paralell joylashgan, qaytalanib keluvchi, glikozidli bog‘lar bilan bog‘lanuvchi N- atsetilglyukozamin va N-atsetilmuramin kislotalar qoldig‘idan iborat, murakkab polisaxarid hisoblanadi (rasm 12). Bakteriya hujayrasi devorini kimyoviy tarkibi va tuzilishi ma’lum tur bakteriyalar uchun doimiy hisoblanib, muhim diagnostik ahamiyatga ega. Hujayra tuzilishiga qarab prokariotlarga kiruvchi eubakteriyalar ikkita katta guruhga bo‘linadi. Agar, fiksatsiya qilingan eubakteriya hujayrasi oldin kristal fiolet va keyin yod bilan ishlov berilsa, bo‘yalgan kompleks xosil bo‘ladi. Keyingi bosqichlarida eubakteriyani spirt bilan ishlov bersak, hujayra devorini strukturasiga qarab hosil bo‘lgan kompleksni taqdiri ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchi gruppa gram musbat deb nomlanuvchi bakteriyalarda kompleks spirtda yuvilib ketmaydi, binafsha rangi saqlanib qoladi. Grammanfiy eubakteriyalarda esa spirtda kompleks yuvilib ketadi va rangsizlanadi. Ma’lum bo‘lishicha kompleks eubakteriyalarni protoplastida hosil bo‘ladi, lekin spirt bilan keyinchalik yuvilib ketishi, yoki, ketmasligi hujayra devorini strukturasiga bog‘liq ekan. Gram musbat va gram manfiy bakteriyalarninig hujayra devori o‘zining kimyoviy tarkibi (jadval 1)

Gram musbat bakteriyalarni hujayra devorida peptidoglikan hujayra devorini asosiy massasiga nisbatan (40-90%) ni, gram manfiylarda esa (1-10 %) tashkil qiladi. Peptidoglikanni qalinligi har xil turlarda farq qilib 20 dan 80 nm gacha bo‘ladi, Gram manfiylarda esa 2-3 nm va hujayraning umumiy qalinligi 10-15 nm to‘g‘ri keladi.
Jadval 1.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə