Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bevosita va bilvosta gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGR)



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə102/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209
Микро амалий китоб

Bevosita va bilvosta gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGR)


Bevosita gemagglyutinatsiya reaksiyasining (BGR) mohiyati shundan iboratki, turli antigenlar bilan oldindan sensibillangan eritrotsitlarga immun zardob yoki tegishli antigenlarga ega bo‘lgan kasal zardobi qo‘shilsa, shu sensibillashgan eritrotsitlar bir-biriga yopishib agglyutinatsiyaga uchraydi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, eritrotsitlarni qaysi antigen bilan sensibilizatsiya qilinsa, shu antigenga maxsus bo‘lgan antitelalar bilan reaksiyaga kirishadi (rasm 43).
Bevosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi (passiv) sezgirli va maxsusligi jihatidan boshqa serologik reaksiyalardan ustun turadi. Hozirgi kunda juda ko‘plab modifikatsiyalari bakteriyalar, rikketsiyalar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklarning diagnostikasida keng qo‘llaniladi. Bu reaksiyalarda qo‘y, maymun, dengiz cho‘chqasi, qushlardan va odamning 1(O) gruppasi eritrotsitlaridan virus va boshqa mikroorganizimlarning antigenlari, ularning toksinlari va turli hil oksil moddalari ishlatiladi. Antigenlar bilan sensibilizatsiya qilingan eritrotsitlar meditsina sanoatida eritrotsitar diagnosikumlar ko‘rinishida chiqariladi. Bunday eritrotsitar diagnostikumlar yordamida bemor qon zardobidagi maxsus At titri aniqlanib kasallikga serologik tashxis qo‘yiladi (qorin tifi, iersinozlarda, OITV, brutsellyoz va
b. kasalliklarda). Bu usulni bilvosita (passiv) gemagglyutinatsiya reaksiyasi deb ham ataladi.
Ko‘pchilik hollarda eritrotsitlar antigen bilan emas, balki maxsus antitelalar bilan sensibilizatsiya qilinadi. Odatda getrogen At lar eritrotsitlarga adsorbsiya bo‘lmaydi, ularni eritrotsitlar membranasiga biriktirishda kimyoviy biriktirovchi (SrCl 3, glyutar aldegid) moddalardan foydalaniladi. Bunday antitelali eritrotsitar diagnostikumlar ham sanoatda chiqariladi. Bunday eritrotsitar diagnostikumlar bilan antigenlarni aniqlash qayta bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi deb ataladi (rasm
45) va ko‘pchilik kasalliklarda (gepatit V, S, OITV, vabo, ichburug‘, o‘lat va bosh.) qo‘llaniladi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə