Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə105/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209
Микро амалий китоб

Gemolitik sistema - Gemolitik qon zardob+ qo‘y eritrotsitlari (1:1 nisbatda), gemolitik qon zardob, inaktivatsiya qilingan (560S 30 minut suv hammomida saqlangan) quyonning qon zardobi bo‘lib (tarkibida gemolizin saqlaydi), qo‘y eritrotsitlari bilan qo‘yonni giper immunlash yo‘li bilan olinadi. Gemolitik zardob 1:1200 titrda chiqariladi, shuning uchun 1:400 nisbatda suyultiriladi.
Qo‘y eritrotsitlari suspenziyasi fibrinsizlashtirilgan qo‘y qonidan tayyorlanadi, eritrotsitlar natriy xloridning izotonik eritmasida butunlay rangsizlanguncha tiniq holiga kelguncha sentrifuga yordamida yuviladi va undan natriy xloridning izotonik eritmasidagi 3 % suspenziyasi tayyorlaniladi.
KBR ni qo‘yish uchun ishchi doza sifatida gemolitik zardobning 3 marta yuqori titri olinadi.
Asosiy tajribani qo‘yish. Barcha ingredentlar titri va ishchi dozalari aniqlangandan so‘ng KBR asosiy tajribasi qo‘yiladi.
Tekshirilayotgan va kontrol qilinayotgan qon zardoblar oldindan 560S 30 minut suv hammomida komplementi aktivsizlantiriladi.
KBR ning birinchi fazasida, ya’ni 37º S da 30 minut davomida antigenning tekshirilayotgan zardob va komplement bilan birikishini taqozo etadi. Agar KBR sovuq sharoitda o‘tkaziladigon bo‘lsa, bu faza 0 - 4 º S da 18 - 20 soat davomida o‘tkaziladi, bu esa reaksiya sezgirligini oshiradi.
Har bir probirkaga 0,4 ml dan gemolitik sistema qo‘shilgach, probirkalar silkitiladi va 37º S da 20-30 daqiqa davomida saqlanadi.
Probirkalarda gemoliz sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligiga ko‘ra tajriba natijasi aniqlanadi. Agar probirkadagi suyuqlik tiniq bo‘lib, eritrotsitlar cho‘kmaga tushsa (0- 4 º S da 18-20 soat inkubatsiyada) va gemoliz butunlay bo‘lmasa, reaksiya musbat, agar eritrotsitlarning barchasi erib, suyuqliq qizil rangga bo‘yalsa, reaksiya manfiy hisoblanadi.

Bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish.


Jadval 9.



Ingredientlar

Probirkalar

1

2

3

4

5

6

7

8

Suyultirish darajasi

1:10

1:20

1:40

1:80

1:160

1:320

Kontrollar

Zard.

Diagn.

Natriy xloridning izotonik eritmasi
(ml)

-

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

Kasalning qon zardobi 1:10 (ml)
(1,8 eritmasi – 0,2 zardob)

1,0

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

0,5

-

Eritrotsitli
diagnostikum (ml)

0,25

0,25

0,25

0,25

0,25

0,25

-

0,25

Ilova: 7 probirkadan 0,5 ml suyuqlik dezinfeksiyalovchi eritmaga to‘kiladi.

Laboratoriyada BGR qo‘yish uchun standart eritrotsitli diagnostikumlardan foydalaniladi (9 jadval). BGR hozirgi vaqtda chuqurchali plastinkalarda,


probirkalarda yoki ko‘proq mikroplanshetkalarda qo‘yiladi. Tajriba natijasi va uning darajasini aniqlash uchun turt musbat (++++) belgi qo‘yish sistemasi ishlatiladi. Reaksiya natijasi 2 soat 370S termostatda turganidan keyin tekshiriladi. Agar reaksiya yuqori musbatli, ya’ni (++++) bo‘lsa, eritrotsitlar bir-biriga yopishib, probirka tubida zontik shaklini eslatuvchi cho‘kma hosil bo‘ladi. 3 musbatli (+++) reaksiyada esa zontik shaklini hosil bo‘lishi bilan birga eritrotsitlar shu zontikning o‘rtasida tugmachaga o‘xshab yig‘ilib qoladi. 2 musbatli (++) reaksiyada esa tugma kattaroq bo‘ladi.
Agar reaksiya manfiy (-) bo‘lsa, eritrotsitlar bir-biriga yopishmaydi va probirkalar o‘rtasida tugmachaga o‘xshash cho‘kma hosil qiladi. To‘rt va uchta (+) reaksiyalar musbat hisoblanadi. Reaksiya 2 kontrol bilan qo‘yiladi, ya’ni diagnostikum va zardob.
Probirkalar yaxshilab aralashtirilib, 370S li termostatga 2 soat qo‘yiladi, natijasi daftarga yoziladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə