Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR)



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə106/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209
Микро амалий китоб

Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR)


Polimeraza zanjirli reaksiya molekulyar gibridizatsiya kabi, DNK ning denaturatsiya (DNK zanjirining ajralishi) va denaturatsiya bo‘lish (DNK zanjirining tiklanishi) xususiyati va DNK zanjirining komplementarligiga asoslangan. PZR da ham dastlab ikki ipli DNK molekulasi alohida zanjirlarga termik ajraladi. So‘ngra sovugan muhitga har bir zanjir nukleotidlari ketma – ket komplementarligi asosida praymerlar “ zatravka” biriktiriladi. Reaksiya amalga oshishi uchun sintetik praymerlar – oligonukleotidlar (10-20 nukleotidlardan iborat, misol uchun dezoksinukleotidtrifosfat) qo‘llaniladi (rasm 45), ular 50 -1000 asosdan iboratdir. So‘ngra termostabil tag- polimeraza qo‘shiladi. Termostabil DNK polimeraza erkin nukleotidlardan foydalanib DNK zanjirini keyingi nusxasi (kopiya) ko‘chirilishi- amplifikatsiyasini amalga oshiradi. SHundan so‘ng ikki ipli DNK molekulasi qayta qizdiriladi. Alohidalashgan zanjirlar faollashadi, praymerlarni qabul qiladi va yana qizish va sovish jarayonlarini amalga oshiradi, bunda tag- polimeraza termostabil bo‘lganligi uchun uni qayta qo‘shilishi talab etilmaydi.
PZR ning bitta siklidan keyin izlanilayotgan DNK molekulasi ikki marotaba ortadi (bitta DNK matritsasidan ikki nusxa paydo bo‘ladi). Odatda amplifikatsiyaning 25-40 ta sikli o‘tkaziladi va 2-3 soatda izlanilayotgan mikrob yoki virusni DNK si yoki uning maxsus bo‘lagining millionlab nusxalari olinadi. Reaksiya natijasida tekshirib izlanilayotgan irsiy material ko‘p miqdorda uning nushasi sintezlanib, to‘planib qoladi va oson aniqlanib identifikatsiya qilinadi. Bu reaksiyaning yuqori sezgirligi aynan DNK yoki uning bo‘laklarining amplifikatsiyasiga asoslangan. Reaksiyada quyidagi ingredentlar qatnashadi:



  1. rasm. PZR ning qo’yish sxemasi. dDNK-dezoksinukleotidtrifosfat (matnda tushuntirilgan)




  1. Tekshirilayotgan biologik materialdagi izlanilayotgan infeksion agentni DNK si;

  2. 2 xil tipdagi praymerlar (oligonukleotidlar) nukleotidlar ketma-ketligiga ega DNK ning qisqa zanjiri. Bu zanjir izlanilayotgan DNK ning har ikkala ipiga ham komplementar bo‘ladi. Praymerlar turli xildagi bakteriya va viruslar nuklein kislotasidan va sintetik olinadi.

  3. Erkin nukleotidlar - amplifikatsiyani amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan material;

  4. Termostabil DNK – polimeraza fermenti- erkin nukleotidlardan komplementar DNK zanjirini hosil qiladi; bu ferment faqatgina Thermus aquaticus bakteriyasidan emas, balki, gen injeneriya usuli bilan ham olinadi.

Polimeraza zanjirli reaksiya o‘rganiluvchi DNK fragmentining ko‘p qismini, hattoki, tekshiruvchi faqat bitta molekula DNK genomi bilan qiziqayotganda ham uni o‘rganish imkonini beradi.
Izlanilayotgan DNK nusxasining identifikatsiyasi poliakrilamid gelda elektroforez yordamida yoki avtoradiografiya (izotoplar bilan nishonlangan erkin nukleotidlar ishtirok etadigan reaksiya) usulida aniqlanadi.
PZR o‘ta sezgir usul bo‘lganligi uchun yuqumli kasalliklarning diagnostikasida, ko‘proq latent virusli infeksiyalarda, OIV-infeksiyasida va qator bakterial infeksiyalarda (brutsellyoz, legionellyoz, mikobakterioz, xlamidioz) qo‘llanilmoqda.
Ohirgi yillarda PZR yuqumli kasalliklar laboratoriya tashhisida ekspress- usul sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə