Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Agglyutinatsiya reaksiyalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə98/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209
Микро амалий китоб

Agglyutinatsiya reaksiyalari


Agglyutinatsiya reaksiyasida (lot.agglutinatio-yopishish) antitelolar yordamida mikrob, eritrotsit, leykotsit trombotsit, to‘qima hujayralari va ustiga antigen adsorbsiya qilingan korpuskulyar zarrachalar elektrolitli (0,85% NaCl eritmasi) muhitda bir biriga yopishib cho‘kmaga tushadi. Korpuskulyar antigen
"agglyutinogen" deb ataladi. Agglyutinatsiya reaksiyasining mexanizmi "panjarani" eslatadi, bunda antitelo faol markazi antigen bilan birikishidan birikma agglyutinat hosil bo‘ladi. Bir-biriga yaqin mikroblar yopishsa guruh, agglyutinatsiya reaksiyasi kuzatiladi. Bu guruh, tur va variant antigenlari hisobiga kelib chiqadi. Maxsus spetsefik immun zardobni bakteriya aralashmasiga qo‘shilganda ular yopishadi agglyutinatsiya hosil bo‘lib, pilakchasimon yoki mayda donachalarga o‘xshash cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Agglyutinatsiya reaksiyasi monosistemasi, to‘g‘ridan- to‘g‘ri sodir bo‘ladigan ikki komponentli bo‘lib, antitelo (agglyutinin) va korpuskulyar antigen (agglyutinogen) qatnashadi. Reaksiya antitelo va antigenlar mikdorining ma’lum nisbatida va elektrolit (0,85% NaCl ning eritmasi) ishtirokida sodir bo‘ladi.Agglyutinatsiya reaksiyasi maxsus, agglyutinatsiya beruvchi zardob, bakteriya bilan spetsifikdir. Ammo qardosh, yaqin mikroorganizmlar bilan ham kam miqdorda bo‘lsa ham agglyutinatsiya berishi mumkin.
Somatik (O), xivchinli (N) va Vi antigenlar tutuvchi harakatchan bakteriyalar bilan immunizatsiya kilingan hayvonlar organizmida O-,N-,Vi-agglyutininlar hosil bo‘ladi. Agar turli bakteriyalarda guruh, va turga xos antigenlar bo‘lsa, ular bitta guruh antigenlarga qarshi antitelolar tutuvchi immun zardob bilan agglyutinatsiya berishi mumkin. Bu mikroorganizmlar


  1. rasm. Agglyutinantsiya reaksiyalari, mehanizmi va natijalari

identifikatsiyasini qiyinlashtiradi. SHunday holatlarda Kastellaning agtlyutininlarni adsorbsiya qilish reaksiyasi o‘tkaziladi. Bunda bir biriga yaqin geterogen bakteriyalar
immun zardobidan guruh, antitelolarni o‘zlariga biriktirib oladilar, zardobda esa turga xos antitelolar qoladi. Bitta antigen retseptoriga antitelolar tutuvchi bundan zardoblar "monoretseptor" zardoblar, deb ataladi. Ular bakteriya serovarlarini aniqlashda ishlatiladi.
Agglyutinatsiya reaksiyasi amaliyotda asosan yuqumli kasalliklarga serologik tashhis (qorin tifi, paratif A-V, brutsellyoz, tulyaremiya, rikketsioz kasalliklarida) qo‘yishda va ajratib olingan mikrob kulturalarini serologik identifikatsiya qilishda qo‘llaniladi. Birinchi holatda izlanuvchi uchun antigen (diagnostikum) ma’lum, shuning uchun bemor qonidan noma’lum antitela izlaniladi (kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasi) va izlanilayotgan antitelani titri aniqlanadi. YUqumli kasalliklarga bu usulda tashhis qo‘yishda albatta qo‘sh zardob qo‘llaniladi. Bir marta qo‘yilgandan so‘ng ikkinchi marotaba 1-1,5 haftadan keyin qo‘yiladi, agar bemorda izlanib topilgan AT titri, birinchi haftadagi titrdan 2 va undan ko‘p barobar oshgan bo‘lsa, titrni oshishiga qarab bemorga tashhis qo‘yiladi, agar titr oshmasa (ko‘pchilik hollarda emlanganlarda, kasal bo‘lib o‘tganlarda) tashhis qo‘yilmaydi. Ajratib olingan kulturalarni serologik identifikatsiya qilishda polivalentli va monovalentli agglyutinatsiyaga uchratuvchi qon zardoblar qo‘llaniladi va reaksiyalar buyum oynachasida qo‘yiladi (40 rasm).

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə