Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriyalarning antigenlari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə96/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriyalarning antigenlari. Mikroorganizmlarning antigenlari ularning kimyoviy va strukturial tuzilishiga qarab turlicha bo‘ladi. Bakteriyalarda xivchin antigeni (N-antigen), tana (somatik) O-antigeni, kapsulali bakteriyalarda kapsula (K- antigen) antigeni tafovut qilinadi. Bundan tashqari ba’zi bir patogen bakteriyalarga
xos bo‘lgan Vi, M, W – antigenlar ham uchraydi. Mikrob antigenlaridan yana bir antigenni aytib o‘tish, diqqatga sazovordir, masalan, kuydirgi qo‘zgatuvchisidan birinchi marotaba ajratib olingan «protektiv» (himoya) antigeni, bu antigen eng yuqori immunogenlik xususiyatiga egadir. Viruslarning antigenlari ham ularning strukturasiga va kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Ko‘pchilik viruslarda kapsid, nukleokapsid va superkapsid antigenlari tafovut qilinadi.
Mikroorganizmlarda umumiy avlodga, oilaga va maxsus turga va tipga xos antigenlar tafovut qilinadi.
Bakteriyalarning ekzotoksinlari va endotoksinlari ham kuchli antigenlik xususiyatiga egadir. Mikroorganizmlarning antigenlik xususiyatini o‘rganish mikrobiologiya amaliyotida muhim ahamiyatga egadir, ya’ni yuqumli kasalliklarni diagnostikasida va davolashda qo‘llaniladi.
Antigenlar organizm uchun genetik begona moddalar bo‘lgani uchun organizmga tushganda, uning ichki turg‘unlik holatini buzib, quyidagi immun reaksiyalarini keltirib chiqaradi.

  1. Antitela ishlab chiqarish va organizmni gumoral immunitet bilan ta’minlash.

  2. Darhol yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar.

  1. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar.

  2. Immunologik tolerantlik.

  3. Immunologik xotira.

Antitelalar


Antitelalar deb - makroorganizmga antigen tushganda, shu antigenlar ta’siri ostida hosil bo‘ladigan maxsus oqsil globulinlarga aytiladi. Antitelalarning xususiyatlari, o‘zining paydo bo‘lishida ishtirok qilgan antigenlar bilan maxsus birikishidir. Antitelalar immunoglobulinlar deb ham ataladi, ularning qon zardobidagi globulinlardan farqi antigenlar bilan maxsus birikishidir. Xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha immunoglobulinlar 5 sinfga bo‘lingan: IgG, IgM, IgA, IgE, IgD.
Immunoglobulinlar molekulasi 2 ta og‘ir va 2 ta engil zanjirdan tarkib topgan. Og‘ir – N (heavg-inglizcha) va engil I (heght-inglizcha) zanjirlar bir-biri bilan disulfid bog‘lari bilan birikkandir (rasm 40). Masalan, immunoglobulin M 5 ta alohida yuqorida ko‘rsatilgan struktura elementlardan tashkil topgan bo‘lib, pentomer deb ataladi. Agar immunoglobulinlar molekulasiga papain ta’sir ettirilsa, ularning molekulasi papain ta’sirida 2 ta fragmentga (Fab-o‘zgaruvchan va Fs-o‘zgarmasga) bo‘linadi.



  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə