Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Oq sichqonlarda fagotsitoz tajribasini o‘tkazish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə93/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   209
Микро амалий китоб

Oq sichqonlarda fagotsitoz tajribasini o‘tkazish. Tajriba boshlashdan 24 soat oldin oq sichqonlar qorin pardasiga 2-3 ml steril, 1 foizli kraxmal eritmasi yuboriladi. Bu qorin bo‘shlig‘ida fagotsitoz qiluvchi hujayralarning to‘planishiga olib keladi. Bu holat kraxmalga bo‘lgan septik yallig‘lanish va fagotsitlar xemotaksisi natijasida
sodir bo‘ladi. So‘ngra sichqonlarning qorin pardasiga 1 ml dan iborat ikki milliardli stafilokokk kulturasi yuboriladi. 30 minut o‘tgandan so‘ng oq sichqonlarning qorin devoriga paster pipetkasi kapillyarinnng ingichka tomoni bilan sanchiladi va bir necha tomchi ekssudat olinadi. Undan buyum oynachasida surtma tayyorlanadi, havoda quritiladi, fiksatsiya qilinadi va metilen ko‘ki eritmasi bilan 3-4 min davomida bo‘yaladi.
Surtmalar mikroskop ostida ko‘rilganda stafilokokklarni qamrab olgan mikrofaglar (polimorf - yadro hujayralari) va makrofaglar (mononuklearlar, och-havo rangli fagotsitlar sitoplazmasi fonida to‘q ko‘k rangga bo‘yalgan holda ko‘rinadi. Preparatda fagotsitozning ayrim bosqichlari yopishish, qamrab olish, qisman hazm qilishni ko‘rish mumkin.
Opsonfagotsitar reaksiyasini qo‘yish. Probirkaga, bir hajmli sterillangan 2 foizli natriy sitrat eritmasi ustiga ikki hajmli yangi olingan qon va bir hajmli 1 mlrd/ml mikrob hujayrasiga ega bo‘lgan, 80°C da bir soat davomida o‘ldirilgan bakteriya suspenziyasi quyiladi.
Probirkadagi suyuqliklar aralashtiriladi, 37°S da 30 min davomida termostatda saqlanadi, keyin Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yaladi.
Surtmada 25 ta neytrofillarning har biri qamrab olgan bakteriyalar soni xhisoblanadi. Olingan natijalarga ko‘ra quyidagi fagotsitar ko‘rsatkichlar topiladi: fagotsitar ko‘rsatkich (indeks) - fagotsitlovchi neytrofillar foizi, fagotsit soni bir neytrofilga fagotsitlangan bakteriyalarning o‘rtacha soniga to‘g‘ri keladi. Opsonfagotsitar reaksiyasining ko‘rsatkichi (OFRK) quyidagi formula bilan aniqlanadi: OOPK+3a + 2b + lc+Od, bu erda a — tarkibida 41 dan ko‘p bakteriyalar saqlaydigan neytrofillar soni; b – 21-40 bakteriyalar saqlaydigan neytrofillar soni; s - 1 dan 20 gacha bakteriyalar soniga ega bo‘lgan neytrofillar soni; d — tarkibida bakteriyalari bo‘lmagan neytrofillar soni. Bu sistemada hisoblanganda eng yuqori ko‘rsatkich 75 ni tashkil etadi.
Taxminan, ko‘rsatkich 10-24 ni tashkil etsa - reaksiya kuchsiz musbat, 25-49 bo‘lsa - aniq, 50-75 bo‘lsa - kuchli musbat reaksiya hisoblanadi. Aniq, sezilarli va
kuchli musbat reaksiyalar bemor zardobidagi opsoninlar va fagotsitlar faoliyatining aktivligini belgilaydi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə