Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə89/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   209
Микро амалий китоб

Komplement – odam va hayvon qon zardobining tarkibida uchraydi. Oqsil birikmalaridan tarkib topgan. Qonda 20 ta dan ortiq oqsil fraksiyasi uchraydi, shulardan 9 tasi yaxshi o‘rganilgan S1, S2,…S9. Komplement issiqqa chidamsiz bo‘lib, 56 0S da 30 minut qizdirilganda, o‘zining aktivligini yo‘qotadi. Komplement sistemasidagi uning qator komponentlari «S» harfi bilan va son tartib belgisi bilan belgilanadi. Bu tartib sonlar komplementning aktivlashish tartibi asosida belgilangan emas. Komplement organizimdagi turli omillar ta’sirida aktivlashadi, aktivlashgan bir fraksiyasi ikkinchi fraksiyani aktivlashtiruvchi omil bo‘ladi va ohirgi fraksiyani aktivlashuvi natijasida membranaga hujum qiluvchi faktor (MHF) hosil bo‘ladi (rasm 38), bu esa komplementni aktivlashuviga sabab bo‘lgan omilni (hujayra, eritrotsit, bakteriya va bosh.) halok qiladi. Qon zardobida komplementning eng ko‘p miqdorli komponenti S3 (1,2 mg/ml) hisoblanadi. Komplemen organizimda maxsus va maxsus bo‘lmagan himoyalanishlarda qatnashadi. Komplementni organizimda hosil bo‘lgan maxsus (AT+AG) kompleksi aktivlashtirishi mumkin. Komplementni bu aktivlashuvini klassik aktivlashuv deyiladi va organizimning mahsus himoyalanishida qatnashadi, ya’ni bu aktivlashuv organizimga patogen mikroorganizimlarni kirishi unga qarshi antitelalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Komplementni ikkinchi aktivlashuvi alternativ deb ataladi, chunki komplementning bu aktivlashuvi klassikdan keyin kashf qilingan, lekin bu aktivlashuv klassik aktivlashuvdan ancha ilgari shakllangan.
SHuning uchun ham ko‘plab mikroorganizmlar komplementni AT+AG kompleksi bo‘lmasa ham aktivlashtirishi mumkin, bunda ham yuqoridagi aktivlashuv singari bo‘ladi, lekin uning intensivligi ancha past bo‘lib, birinchi maxsus bo‘lmagan himoya omillariga kiradi.
Organizm suyuqliklarida lizotsim va komplement moddalardan tashqari, sekretor immunoglobulin A va interferonlar ham bo‘lib, mahalliy immunitetni ta’minlashda bu moddalarning ahamiyati katta. Sekretor IgA bakteriya va viruslarga yopishib, ularni epitelial hujayralarning yuza qismiga yopishishini (adgeziyani) kamaytiradi. Organizmda mexanik to‘siq vazifasini IgA dan tashqari qo‘shuvchi to‘qimalar tarkibidagi gialuron va neyramin kislotalari ham bajaradi. Mikroblarning
biriktiruvchi to‘qima ichiga kirmasligini gialuron kislotasi, ma’lum bir bakteriya va viruslarning hujayra ichiga kirmasligini esa neyramin kislotasi ta’minlaydi
Limfa tugunlari. Teri va shilliq qavat “to‘siqlarini” engib o‘tgan mikroorganizmlar limfaga tushadi, limfa tugunlari patogen bakteriyalarni tutib qoladi va halok qiladi. Patogen mikroorganizmlar limfa tugunlariga tushgach, u erda yallig‘lanish jarayoni yuzaga keladi. Bunda to‘qimalardan leykotoksin, leykopenik omil, gistamin, serotonin va boshqa moddalar ajraladi, bular leykotsitlarga ta’sir etib, ularning faolligini oshiradi.






  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə