Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə87/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209
Микро амалий китоб

Nazorat savollari


  1. Mikroblar antogonizmi va uning mexanizmi.

  2. Antibiotiklarning olinishi, ta’sir mexanizmi, ta’sir doirasi, kimyoviy tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyasi.

  3. Xujayra devoriga, oksil sinteziga ta’sir etuvchi antibiotiklarni ayting

  4. Nuklein kislota sinteziga ta’sir etuvchi antibiotiklarni ayting

  5. Sitoplazmatik membranaga ta’sir etuvchi antibiotiklarni ayting.

  6. Mikroorganizmlarga antibiotiklar sezgirligini aniqlash usullarini ayting.

  7. Antibiotiklarning odam organizmiga salbiy ta’sirini tushuntiring.



7 Mashg‘ulot.


Mavzu: Immunitet xaqida tushuncha. Immunitet turlari. Organizmning nomaxsus himoya omillari.
Mashg‘ulot rejasi.

  1. Immunitet haqida tushuncha, immunitet turlari. Organizmning maxsus va maxsus bo‘lmagan himoyalanishi (teri, shilliq pardalar, limfa tugunlari, fagotsitoz hujayralari, lizotsim, komplement va h.k) turlari.

  2. Tug‘ma va orttirilgan immunitetlar haqida tushuncha.

  3. Antimikrob va antitoksik immunitet ta’rifi.

  4. Maxsus himoya omillari xarakteristikasi.



Namoyish qilish.


  1. Komplementning gemolitik xususiyatini kuzatish (probirkada maxsus antitela ishtirokida).

  2. So‘zak (gonoreya) bilan og‘rigan bemorning siydik yo‘lidan olingan yiringdan tayyorlangan va metilin ko‘ki bilan bo‘yalgan surtmada gonokokklarning tugallanmagan fagotsitozini ko‘rish.

  3. Fagotsitoz va komplement mexanizmi tasvirlangan videorolik namoyishi.

Immunitet va organizmning himoyalanish omillari


Immunitet va uning asosiy xususiyatlari va muammolarini immunologiya fani o‘rganadi.
Immunitet – individumning ichki muhiti tarkibini (gomeostaz) doimo bir xilda saqlanishini ta’minlovchi biologik omillari bo‘lib, organizimning genetik begona hujayra va yuqumli kasallik agentlariga qarshi himoyalanish xususiyatlariga aytiladi. Immunitetning ko‘rinishi ko‘p qirrali bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘zinikidan begonani ajratish hisoblanadi.
Immunitet bo‘lishi mumkin: yuqumli kasalliklarga, o‘smalarga qarshi va transplantatsion. Immunitetning asosiy reaksiyalarini immun sistema keltirib chiqaradi, uning asosida maxsuslik mexanizmlari yotadi.
Infeksion immunitetni turlari:

  1. antibakterial (bakterialarga qarshi)

  2. antitoksik (toksinlarga qarshi)

  3. viruslarga qarshi

  4. zamburug‘larga qarshi

  5. sodda jonivorlarga qarshi (antiprotozoy)

Infeksion immunitet ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

  1. Steril immunitet (qo‘zg‘atuvchi organizimda yo‘q, lekin, unga qarshi immunitet bor.

  2. Nosteril immunitet (qo‘zg‘atuvchi organizimda bo‘ladi). Organizimning himoyalanish turlari:

  1. Organizimning maxsus ximoyalanishi (immunitet)

  2. Organizimning nomaxsus himoyalanishi

Organizimning maxsus himoyalanishi (immunitet) - tug‘ma va hayot davomida orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma immunitet - yuqumli kasalliklarga tug‘ma berilmaslik holati, turga xos va individual bo‘lishi mumkin. Turga xos immunitet - bir turga mansub bo‘lgan hayvon yoki odamning, boshqa tur vakillarida yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchilarga berilmaslik holati tushiniladi. Turga xos immunitet odamning tur belgisi hisoblanadi va avloddan – avlodga o‘tadi. SHuning uchun odam ba’zi bir hayvonlar og‘riydigan yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi (tovuq vabosi). Turga xos immunitet har doim aktiv bo‘ladi. Individual tug‘ma immunitet esa passiv bo‘lib, onadan immunoglobulinlar ko‘rinishida yo‘ldoshdan homilaga o‘tishi (IgG – platsentar immunitet) mumkin. SHuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bir necha oy yuqumli kasalliklardan himoyalangan bo‘ladi.
Hayot davomida ortirilgan immunitet - himoyalanishni bu turi o‘ta maxsus bo‘lib har bir individ o‘zining hayoti davomida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilariga berilmaslik xususiyatlarini shakllantiradi va tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Hayot davomida orttirilgan tabiiy immunitet o‘z navbatida faol va passiv shakllanishi mumkin.
Hayot davomida orttirilgan tabiiy faol immunitet yuqumli kasallik bilan og‘rib o‘tilgandan keyin, uzoq vaqtga yoki bir umrga shakllanadi (qizamiq, ko‘k yo‘tal, bo‘g‘ma kasalliklariga qarshi).
Hayot davomida ortirilgan tabiiy passiv immunitet - ona suti orqali chaqaloqga immunoglobulin, limfotsit, leykotsitlar va bosh. faktorlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Hayot davomida ortirilgan sun’iy immunitet ham o‘z navbatida ikki ko‘rinishda faol va passiv shakllanadi. Hayot davomida ortirilgan sun’iy immunitet aktiv formasi turli antigen preparat - vaksina va anatoksinlarni yuborish orqali shakllantiriladi, passiv formasi esa tayyor immun zardoblar va immunoglobulinlar yuborish bilan hosil qilinadi. Hayot davomida ortirilgan sun’iy immunitetni shakllantirish orqali yuqumli kasalliklarni oldi olinadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə