Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə83/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   209
Микро амалий китоб

Aktivlik spektor - antimikrob preparatlar bakteriyalarning faqat vegitativ formasiga ta’sir ko‘rsata oladi, ularning spora va sista formalariga ta’sir etmaydi.Preparatlar o‘zining antibakterial biologik aktivligini na’mayon qilishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur:

  • mikrob hujayrasiga kira olishi

  • ma’lum nishon strukturalar bilan birikishi va uni o‘zgartirishi

  • shu bilan bir qatorda o‘zini strukturasini saqlashi yoki metobolitlarga aylanishi.

Kimyoterapevtik preparatlarni tanlashda uning aktivlik spektori va mikroorganizimlarning sezgirlik xususiyati hisobga olinadi. Preparatlar maxsus aktivligi bo‘yicha bakteriyalarga, zamburug‘larga, sodda jonivorlarga va viruslarga qarshi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ta’sir qilish spektor doirasiga qarab bo‘linadi:

  • tor doirada ta’sir qiluvchi preparatlar (ma’lum guruh mikroorganizmlar uchun aktiv bo‘ladi)

  • keng doirada ta’sir qiluvchi preparatlar (katta guruh bakteriyalar uchun aktiv hisoblanadi).

Kimyoterapevtik preparatlar bakteriostatik (ko‘payish va o‘sishini to‘xtatishi) yoki bakteriotsid (ularni o‘ldirishi) ta’sirga ega bo‘ladi va mikroorganizimlarning turli strukturalariga tanlab ta’sir ko‘rsatadi Kimyoterapevtik preparatlarning bakteriyalar hujayrasiga ta’sir etish mexanizmi.
1.Hujayra devoriga (penitsillin, sefalosporin, vankomitsin). 2.Sitoplazmatik membranaga (polimiksinlar).
3.Foliy kislotasi sinteziga (sulfanilamidlar, trimetoprim). 4.RNK sintezini buzuvchi (rifampitsin).
5.DNK sintezini buzuvchi (ftorxnolinlar).
.



  1. rasm.

6.30S ribosoma subbirligi ingibitorlari (aminoglikozidlar, tetratsiklin). 7.50S ribosoma subbirligi ingibitorlari (eritromitsin, linkomitsin).
8. paraaminobenzoy kislotasi.
Kimyoterapevtik moddalar, dezinfeksiyalovchi moddalardan farqli ravishda mikroorganizmlarga tanlab ta’sir qiladi va odam organizmga davolash dozada salbiy ta’sir qilmaydi. Ko‘pgina ximioterapevtik moddalar sintez usulida olinadi. Ximioterapevtik moddalar farmakologik dorivor moddalardan farqli ravishda mikroorganizmlarga o‘ldiruvchi, shikastlovchi va maxsus ta’sir ko‘rsatadi. Ximik moddalarni XIX asrda o‘rgana boshlashgan. G.Erlix ximioterapiyani asosini ishlab chiqqan va birinchi bo‘lib xim moddalarni sintez qildi.
Kimyoterapiyaning yangi etapida sulfanilamid preparatlari sintez qilindi. Natijada ko‘pgina kasalliklarni davolash imkoniyati tug‘ildi. Mikroorganizmlar bir- biri bilan antogonistik xususiyatiga ega bo‘lib, bu asosan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlari hisobiga amalga oshadi. Ba’zi mikroblar shunday moddalar ishlab chiqaradiki, bular mikroblarga tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega. Antibiotiklar mikroorganizmlarning hayoti faoliyatida ishlab chiqargan mahsulotlari bo‘lib, ularni hayvonlardan, o‘simliklardan, to‘qimalardan ham olish mumkin. Hozirgi davrda antibiotiklar kelib chiqishi bo‘yicha, ta’sir doirasi bo‘yicha, ximiyaviy tuzilishi bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. Antibiotiklarning ta’sirini bakteriyalarning shu antibiotikka sezgirlik darajasi bilan aniqlanadi. Bakteriyalarning antibiotikka chidamligining oshib ketishi har xil mexanizmlar bilan amalga oshadi (fermentlar sintezi bilan, mas: antibiotiklarni parchalovchi penitsillinaza, R-plazmidlarning bo‘lishi va b.). Ba’zi antibiotiklar uzoq qabul qilinganda va yuqori dozada yuborilganda organizmga salbiy ta’sir qiladi. SHuning uchun kasaldan ajratib olingan qo‘zg‘atuvchining antibiotiklarga sezgirligini aniqlash kerak va shu antibiotikni davolash maqsadida qo‘llash mumkin.
Hozirgi kunda antibiotiklar shimdirilib chiqarilayotgan qog‘oz disklarni bakteriyalarni o‘sishni to‘xtatish zonasi (sezgir, o‘rtacha chidamli va chidamli) diametri ko‘rsatiladi. SHunga asosan bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligi maxsus
lineykalarda aniqlanib maxsus jadvallar yordamida uning sezgirlik darajasi aniqlanib beriladi.
Antibiotiklarni bakteriya ekilgan agar yuzasiga qo‘yishda dispensor asbobdan foydalanish mumkin, uning afzaligi shundan iboratki, qo‘yilayotgan atibiotiklar bir hil masofaga va ularning sterilligi to‘liq ta’minlanadi va vaqtdan yutiladi (rasm 35v). Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini agarda disk

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə