Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə81/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   209
Микро амалий китоб

3.Serologik usul- (serum – lot. zardob) degan ma’noni anglatadi.
Bemordan ashyo sifatida qon olinadi. Ana shu qondan zardob ajratib olinadi va shu zardob bilan serologik reaksiya o‘tkaziladi. Serologik reaksiyalarga:

  1. Aglyutinatsiya (AR) reaksiyalari

  2. Pretsipitatsiya (PR) reaksiyalari

  3. Komplementni bog‘lash reaksiyalari (KBR)

  4. Immunoferment analiz (IFA) reaksiyasi

  5. Immunoflyuresensiya (IF) reaksiyasi

  6. Kumbs reaksiyasi

  7. Bilvosita gemaglyutinatsiya (BGAR) reaksiyalari kiradi.

  1. Biologik usul. 1.Ashyo laboratoriyaga keltiriladi. 2.Laboratoriya xayvonlariga (sichqon, kalamush, dengiz cho‘chqasi, quyon, maymun) tegishli usullar yordamida infeksiya yuqtiriladi. 3.Hayvonlarga og‘iz, nafas yo‘llari teri ostiga, qorin osti sohasiga kiritiladi. Ma’lum vaktdan keyin hayvonlardagi o‘zgarishlari tekshiriladi.

  2. Allergik usul. Odam tanasida ma’lum bir joyiga ma’lum miqdorda allergen kiritiladi, belgilangan vaqtdan keyin o‘zgarishlar kuzatiladi. Olingan natijalarga qarab tashhis qo‘yiladi.



Amaliy mashg‘ulot




Amaliy ish 1.

Kimyoviy omil ta’sirini o‘rganish uchun fenol qo‘shilgan va qo‘shilmagan GPA ga ichak tayoqchasi kulturasidan olib ekish va termostatga bir sutkaga qoldirish.




Amaliy ish 2.

Sterillikni baholash uchun sterillangan va sterillanmagan bog‘lov materiali ekilgan oziq muhitdan surtma tayyorlash va Gram usulida bo‘yash. Sterillikga baho berish.




Amaliy ish 3.
Teri mikroflorasini baholash uchun talabalar qo‘l barmoqlaridan Endo muhitiga “bosma muhr” usulida ekish.

Vaziyatli masalalar


  1. Jarroh o‘zining ishi jarayonida steril bog‘lov materillarni ishlatadi. “Steril” termini ma’nosi nimani anglatadi? Bog‘lov materiallari qanday sterillanadi?

  2. Har bir madaniyatli kishi ovqatlanishdan oldin qo‘lini sovun bilan yuvishi kerak. Sovun ishlatishdan maqsad nima?

  3. Jarohatlarga birlamchi ishlov berish uchun qanday bo‘yoqlar ishlatiladi.

Ularning ta’sir mexanizmi nimadan iborat?

  1. Bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun balg‘am olib kelindi. U tekshirib bo‘lingach, kanalizatsiyaga to‘kishdan oldin qanday ishlov berilishi kerak? Nima uchun?

  2. Bakteriologik tekshirishlar o‘tkazish uchun steril Petri kosachalari, tomizg‘ichlar, kolbalar va boshqa idishlar kerak. Ularni sterillash uchun qaysi usul qo‘llaniladi?

  3. Tish karashidan olingan ashyodan surtma tayyorlab tekshirganda ko‘rish maydonida leptotrixlar, treponemalar, fuzobakteriyalar kuzatildi. Bu mikroorganizmlarni aniqlanganligi og‘iz bo‘shlig‘i patologik jarayon borligini bildiradimi?

  4. Jarrohlik bo‘limii hamshirasi qo‘lidan olingan surtma bakteriologik tekshirilganda Candida avlodiga mansub zamburug‘lar topildi. Bu holat nimadan dalolat beradi?

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə