Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə82/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209
Микро амалий китоб

Nazorat savollari





  1. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik faktorlar?

  2. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi kimyoviy faktorlar?

  3. Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi biologik faktorlar?

  4. UB nurlarning antibakterial ta’siri mexanizmini tushuntiring.

  5. Detergentlarga kaysi moddalar kiradi?

  6. Disbakterioz nima va uning sababi nimada?

  7. Makroorganizm uchun normal mikroflora ahamiyati.

  8. Og‘iz bo‘shlig‘i, teri respirator trakt, oshqozon-ichak trakti mikroflorasiga xarakteristika.

  9. Infeksiya va infeksion jarayon nima?

  10. Mikroblar virulentligini aniqlash usullarini ayting.


6. Mashg‘ulot


Mavzu: Kimyoterapevtik preparatlar. Antibiotiklarga mikroorganizmlarning sezgirligini o‘rganish usullari, antibiotiklarning salbiy ta’sirlari, ularni oldini olish.


Mashg‘ulot rejasi.

  1. Antibiotiklarni biologik kelib chiqishi, ximiyaviy tarkibi, ta’sir mexanizmi, ta’sir doirasiga qarab qilingan zamonaviy klassifikatsiyalarini muhokama qilish.

  2. Muhim antibiotik guruhlarining bakteriyalarga qarshi ta’sir mexanizmlarini muhokama qilish.

  3. Bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligini sifat va miqdor jihatidan aniqlashni zamonaviy usullari.

  4. Antibiotik aktivligini odam organizmidagi suyuqliklarda (qon, siydik va boshqalar) aniqlash usuli.

Namoyish qilish.


  1. Antibiotiklarning har xil preparatlari.

  2. Bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash uchun ishlatiladigan, antibiotiklar bilan shimdirilgan, standart qog‘ozli disklar.

  3. Antibiotiklar sezgirligini aniqlash uchun mikrob kulturalari ekilgan muhitlar.

Kimyoterapevtik preparatlar - yuqumli kasalliklarning etiotrop davolashda qo‘llaniluvchi kimyoviy moddalar bo‘lib, mikroorganizimlarga tanlab ta’sir ko‘rsatadi va makroorganizimlarga nisbatan zararsizdir. Har bir antimikrob preparatlarni qo‘llashda uning fiziologik imitatsiya prinsipi tuziladi, ya’ni qo‘zg‘atuvchi uchun maxsus bo‘lgan fiziologik boshqaruv jarayonlariga preparatning ta’sir qiluvchi molekulyar konfiguratsiyasi, qo‘shilmalari aniqlanadi. Hozirgi kunda bir necha o‘n minglab preparatlar olingan bo‘lib, ular yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning hayot faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Lekin farmakologik xususiyatlari, talablari bo‘yicha bir necha yuz antibiotiklar amaliyotda qo‘llaniladi. Preparatlarning effektivligi, terapevtik ta’sir doirasini taminlovchi xususiyatlar yig‘indisi bilan ifodalanadi. YA’ni, organizmga kiritilganda uning struktura doimiyligini saqlashi yoki aktiv metobolitlar hosil qilishi, to‘qimalarga va biologik suyuqliklarga adsorbsiya va iliminatsiya qilinish tezligi, tanlab ta’sir qilishi va mikroorganizmlarni sezgirligi inobatga olinadi.Preparatlarning effektivlik kriteriyasini asosini aktivlik spektori ham tashkil qiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə