Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


rasm. Komplementning aktivlashuv



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə90/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Komplementning aktivlashuv sxemasi

Leykotsitlar yallig‘langan joyda to‘planib mikrobning to‘qima, qon va a’zolarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. YAllig‘lanish natijasida tana harorati ko‘tariladi, atsidoz, gipoksiya rivojlanadi, bular ham o‘z navbatida patogen mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmning maxsus bo‘lmagan himoyalanishiga qondagi va to‘qimalarda uchrovchi fagotsit hujayralari ham kiradi. Leykotsitar va retikuloendotelial sistemasidagi hujayralarning biologik reaksiyasi tufayli, organizmga kirib olgan mikroblar va yot zarralar, yuqorida qayd qilingan hujayralar tomonidan aktiv qamrab
olinib yo‘q qilinadi. Bu hujayralarning mikrob va yot zarralarga qarshi organizmda kurashish faoliyatini fagotsitoz hodisasi deb ataladi.
I. I. Mechnikov fagotsit hujayralarini ishchanlik faoliyatiga qarab 2 guruhga bo‘lgan: mikrofaglarga va makrofaglarga. Mikrofaglar yoki granulotsitlar (neytrofillar va eozinofillar), bu hujayralar birinchi bo‘lib mikroblar kirgan joyda hozir bo‘lishadi. Makrofaglarga esa harakatchan monotsitlar, poliblastlar, gistotsitlar va bir joyda turadigan talokda, limfa tugunlarida, suyak ko‘migida, jigarda uchrovchi hujayralar kiradi.


  1. rasm. Fagositoz reaksiyasi davrlari (sxemasi)

Fagotsitoz reaksiyasining bosqichlari: Fagotsit hujayrasini obektga yaqinlashuvi, musbat xemotaksis, adgeziya – ob’ektni hujayra retseptorlari bilan tutilishi, xujayra membranasini aktivlanishi, ob’ektni yutilishi, fagotsit hujayrasida fagosomani hosil bo‘lishi, fagosoma bilan fagotsit hujayrasidagi granulalarni birikishi, ob’ektni parchalanishi va parchalangan (degradatsiya) ob’ekt parchalarini hujayradan chiqarib tashlanishi (rasm- 37).
Fagotsitoz hodisasining tugallangan va tugallanmagan turlari tafovut qilinadi. Tugallangan fagotsitoz hodisasida, fagotsit xujayrasi qamrab olgan mikrobni yoki mayda zarrani butunlay eritib, parchalab yuboradi. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarda (so‘zak, sil, moxov, leyshmanioz) fagotsitoz tugallanmay qoladi. Bu holatda fagotsitoz qilingan mikroorganizm fagotsit hujayrasi ta’sirida xalok bo‘lmasdan,
balki fagotsit hujayrasida uzoq vakt ushlanib qolinishi va ko‘payishi mumkin. Tugallanmagan fagotsitozda patogen bakteriyalarni salbiy ta’siri natijasida fagotsit xujayrasi halok bo‘lishi yoki patogen bakteriyalar uchun ko‘payish, yashash manbasiga aylanishi mumkin. Organizmning nospetsifik himoyalanishidagi bu kamchiligi yuqorida bayon kilingan kasalliklarda, shu kasallikni o‘tkir formasidan surunkali formasiga o‘tishiga olib keladi. Bemor esa shu kasallikni qo‘zg‘atuvchisini tashib yuruvchisiga aylanadi.
Odam organizmida bir qancha moddalar va faktorlar fagotsitoz xodisasini tezlashtiradi, bularga: komplement, gistamin, geterogen moddalar, elektrolitlar kalsiy va magniy tuzlari, limfokinlar, antitelalar – opsoninlar va bakteritsinlar shular jumlasiga kiradi. Fagotsitoz hujayralari, organizmda faqat maxsus bo‘lmagan himoyalanishni bajaribgina qolmay, balki maxsus immun javobda ham qatnashadi, ya’ni T va V limfotsitlar uchun mikroorganizmlar antigenini aniqlab beruvchi (antigen prezentant) hujayralar hisoblanadi.
Organizmning normal mikroflorasi ham maxsus bo‘lmagan himoyalanishda qatnashadi. Normal mikrofloraning ba’zi bir vakillari patogen mikroorganizmlarga nisbatan antagonistik munosabatda bo‘ladi. Masalan, ichak tayokchasi «so1» faktor ishlab chiqaradi, bu faktor antibiotik ta’sir mexanizmiga egadir (qorin tifi, ichburug‘ kasalliklarida).
Lizotsim fermenti organizimning boshqa gumoral nospetsifik himoya faktorlari bilan bir qatorda organizimda ketayotgan patologik jarayonlarni rivojlanishini baholashda muhim ahamiyatga egadir. Lizotsim fermentini biologik suyuqliklarda aniqlashni bir necha usullari mavjuddir.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə