Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Organizimning nomaxsus himoyalanishi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə88/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   209
Микро амалий китоб

Organizimning nomaxsus himoyalanishi – himoyalanishni bu turi evolyusion jarayonda yuqumli kasalliklarga qarshi shakllangan bo‘lib quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

  • mexanik to‘siqlar (barerlar);

  • fizik-ximik;

  • immunobiologik

Bu omillarga kiradi: 1) teri va shilliq qavatlarni himoya omili; 2) limfatik tugunlar, og‘iz bo‘shlig‘i va oshqozon ichak tizimida;
3) lizotsim va boshqa fermentlar og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon ichak tizimi va siydik tanosil organlarida; 4) normal mikroflora; 5) yallig‘lanish omillari; 6) fagotsitlovchi hujayralar; 7) tabiiy killer hujayralari; 8) komplement sistemasi; 9) interferonlar;
Teri va shilliq qavatlar. Bu ommillar mexanik va fizik-ximik rezistentliklarga kiradi. Mikroblar asosan organizmga teri va shilliq qavatlar orqali kiradi. YUqori qavat epiteliy hujayralarining doimo yangilanishi, teri va yog‘ bezlari ajratmalari, shilliq qavat suyuqliklari mikroblarining kirishiga to‘sqinlik qilib, teri va shilliq qavatlarni tozalab turadi. Teri faqat mexanik to‘siq vazifasini o‘tab qolmay, bakteritsid (mikroblarni o‘ldiruvchi) ta’sirga ham ega. Bu teri muhitining kislotali ekanligi (rN–5,5) (sut, sirka va yog‘ kislotalari hisobiga) va teri bezlari ishlab chiqaradigan har xil omillarga bog‘liq. Bundan tashqari shilliq qavatlar ham ma’lum to‘siq vazifasini o‘taydi.
Maxsus bo‘lmagan himoyalanishga qon va boshka suyuqliklardagi biologik aktiv moddalar (lizotsim fermenti, komplement, properdin va lizinlar, eritrin, leykinlar, S-reaktiv oqsil va oshqozon suyuqligi kiradi.
Lizotsim fermenti - kimyoviy jihatdan atsetilmuramidaza bo‘lib, asosan organizmda suyuqliklarda uchrab, ko‘z yoshida, so‘lak tarkibida, balg‘amda, qonda, ko‘krak sutida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Lizotsim gram musbat bakteriyalarni devoridagi peptidoglikan polisaxaridini disaxaridlargacha parchalab, bakteriyalarning xujayra devorini eritib yuboradi. Gram manfiy bakteriyalarning hujayra devoridagi peptidoglikan polisaxaridi hujayra devorining ichki qobig‘ida joylashganligi uchun, lizotsim fermenti bu bakteriyalarga kuchli ta’sir eta olmaydi. Lizotsimga viruslar ham inert hisoblanadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə